Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Xaridor kompaniyaning korporativ plastik kartasidan yozuv-chizuv tovarlari uchun pul toʻladi. Sotuvchi tovar olish uchun ishonchnoma talab qilishi kerakmi? Xaridor uni taqdim etishga majburmi?
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savollarga yurist Ikrom ABDULQODIROV javob berdi:
– 2018 yil 1 noyabrdan boshlab yuridik shaхslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblarni oldi-sotdi shartnomalarini tuzmasdan invoys (hisob-faktura) berish orqali korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartib joriy etildi
.
Boshqacha aytganda, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar korporativ bank kartalaridan foydalangan holda tovarlarni (хizmatlarni) shartnoma tuzmasdan sotib olishlari mumkin. Biroq bunda EHFlar yoki onlayn-NKMlarning cheklari majburiy ravishda olinishi shart
.
Xoʻjalik operatsiyalarining hisobi uchun operatsiyalar amalga oshirilganligini qayd etuvchi boshlangʻich hisob hujjatlari va uni oʻtkazishga doir farmoyishlar asos boʻladi.
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan savdo va servis sohasida olinadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) haqi korporativ plastik kartalardan foydalangan holda toʻlanganida toʻlov terminallarining cheklari ham boshlangʻich hisob hujjatlari deb tan olinadi
.
Toʻldirish tartibini buzgan holda yoki toʻldirilmagan rekvizitlar bilan ishonchnomalar berish mumkin emas
.
Boshqalardan tashqari, ishonchnomaning majburiy rekvizitlariga quyidagilar kiradi (4-son BHMSga 1 va 2-ilova):
- yetkazib beruvchining nomi;
- bitimning asosi boʻlgan shartnoma va (yoki) boshqa bitimlarning nomi, raqami va sanasi.
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, shartnoma tuzmasdan va KPKdan toʻlov toʻlaganda TMZ berish shartlari sifatida, sotuvchining qisman toʻldirilmagan rekvizitlar bilan berilgan ishonchnomalar taqdim etilishi qonun hujjatlarining talablariga zid boʻladi.
![]()