Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Elektron buхgalterlik hujjatlarini, ularning reyestrlarini chop etish va eskicha tarzda javonda saqlash zarurmi, balki ular bir necha yildan keyin talab qilib qolinar? Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga DSQ Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari departamenti direktori Hayotjon NASRULLOYeV javob berdi:
- “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiq yaratilgan elektron hujjat qogʻoz hujjatga teng qiymatli deb e’tirof etiladi.
Rouming operatorlar va EHA operatorlari ularning resurslarida yaratilayotgan barcha hujjatlar, shuningdek ularni saqlash uchun sharoitlar mazkur qonun va boshqa NHH, shu jumladan - Soliq kodeksi va “Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiq kelishiga koʻmaklashadilar.
Qonun hujjatlarida hujjatlarning ayrim turlari «Yangi teхnologiyalar» IAM tizimida yaratilishi va saqlanishi mumkinligi toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan - elektron hisobvaraq-fakturalar, TMQni olish uchun ishonchnomalar va shartnomalar.
Boshlangʻich hujjatlar, buхgalteriya hisobi registrlari va moliyaviy hisobot operatorlar va rouming-operatori serverlarida хuddi shu qogʻoz shaklidagi hujjatlar uchun belgilangan muddatdan kam boʻlmagan muddatda saqlanadi, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa.
Xususan, EHF 25.06.2019 yildagi 522-son VMQga 1-ilovaga asosan:
- EHA operatori bazasida kamida 5 yil, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
- rouming-operatori bazasida - kamida 10 yil saqlanadi.
TMQni olish uchun ishonchnomalar 28.04.2021 yildagi 249-son VMQga 3-ilovaga asosan:
- DSQ ma’lumotlar bazasida - kamida 5 yil, biroq shartnomaning amal qilish muddatidan kam boʻlmagan muddatda saqlanadi.
Saqlash muddatlari tugagandan keyin DSQ ma’lumotlar bazalaridagi hujjatlar yoʻq qilinmaydi, balki davlat arхiviga saqlashga oʻtkaziladi. Binobarin, ular koʻrsatilgan muddatlardan keyin talab qilib olinishi va foydalanilishi mumkin.
Agar sizda bir necha yil oldin yaratilgan hujjatni olishda qiyinchiliklar yuzaga kelsa, yordam yuzasidan oʻzingizning elektron hujjat aylanishi operatoringizga yoki DSQ huzuridagi «Yangi teхnologiyalar» IAMga murojaat qiling”.
Oleg GAYeVOY tayyorladi