9 oyni xatolarsiz yopamiz:
2021 yil mart oyida JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobi elektron shakliga - 5 va 6-ilovalarga oʻzgartirishlar kiritildi. Biz ilgari ushbu yangilangan ilovalarni toʻldirgan holda buxgalterlar qanday masalalarga duch kelishlari haqida yozgandik. Hozir yana tuzatishlar kiritilmoqda. Biroq aprel oyi uchun baribir eski shakllar boʻyicha topshiramiz, shu bois yana bir bor muammoli joylarni koʻrib chiqamiz.
1-muammo. Hisob-kitobga 5-ilova soliq davri (yil) uchun oʻsib boruvchi yakun bilan toʻldiriladi. Shu bois, hatto agar xodim soliq davri mobaynida ishdan boʻshatilgan boʻlsa ham, uni ilovada yil yakuniga qadar koʻrsatishga toʻgʻri keladi - hisoblashlarsiz, albatta. Mehnat shartnomasi boʻyicha (“Kontrakt shakli 1 - mehnat shartnomasi: asosiy”) ishlagan xodimni ishdan boʻshatishda “Ish vaqti” ustunida “0”ni koʻrsatish mantiqqa ega boʻladi, biroq tizim bunday imkoniyatni taqdim etmaydi. Faqat agar u FHSh boʻyicha ishlagan boʻlsa, tizim unga “0” qoʻyish imkonini beradi.
Nima qilish kerak?
- Ishdan boʻshatilgan xodimni - FHSh boʻyicha ishlagan sifatida qayd etish mumkin. Shunda “Ish vaqti” ustunida “0” qoʻyish mumkin. Bu unchalik toʻgʻri emas, biroq qanday boʻlmasin - chiqish yoʻli.
- Shuningdek, ish vaqtini oʻzgarishsiz qoldirish mumkin, bu ham unchalik toʻgʻri emas.
Vaziyatdan chiqishning eng toʻgʻri yoʻli - Soliq qoʻmitasi va uning elektron tizimlari ishlab chiquvchilari ushbu jihatni inobatga olishlari lozim.
2-muammo. Buxgalterlar “233” kodli xatodan shikoyat qilishmoqda - “Hisoblangan daromadlarning umumiy summasi oldinga oyga nisbatan kam boʻlmasligi kerak”.
Hatto agar Hisob-kitobning 011-satri “Mehnatga haq toʻlash bilan bogʻliq boʻlgan daromadlar” va 0110-satri “Shundan, hisobot davri uchun hisoblangan ish haqi tarzidagi daromad” koʻrsatkichlari 5-ilovaning 9 va 10-ustunlari qiymatlariga muvofiq kelsa ham, biroq oy uchun Hisob-kitobning 060-satrida hisoblangan ShJBPH oldingi oyda hisoblangandan kam boʻlsa, tizim xato beradi. Biroq sabablar butunlay ob’yektiv boʻlishi mumkinku!
Masalan, xodim hisobot oyida ish haqi saqlanmagan holda taqdim etiladigan ta’tilda boʻlgan. Yoki qandaydir sababga koʻra ish haqi hisoblanmagan. Demak, oy uchun ShJBPH ham kam boʻladi. Biroq tizim bunday vaziyatlarni nazarda tutmaydi.
Nima qilish kerak?
DSQ elektron hisoboti tizimi sozlamasini tuzatish
3-muammo. Amaliyotda ayni bir xodim ham muhnat shartnomasi boʻyicha - asosiy ish joyi boʻyicha, ham FHX shartnoma boʻyicha ishlashi mumkun. Shunday ham boʻladiki, xodim avvalboshdan FHX shartnoma boʻyicha bir lavozimda ishlagan, keyin esa uni asosiy ish joyi boʻyicha oʻtkazishgan va mehnat shartnomasini boshqa lavozim boʻyicha tuzishgan. Yoki - u joriy soliq davrida ishlagan, ishdan boʻshatilgan, keyin esa qaytadan qabul qilingan.
Hisob-kitobga 5-ilovaning elektron shakli bunday xodimlarni Yoyilmada ikki marta - ikkita satr bilan koʻrsatish imkonini bermaydi, bunda “STIR takrorlanmoqda” degan xatoni beradi. Ilgarigidek, joriy paytda bunday vaziyatdan chiqishning yagona yoʻli - bunday xodimning daromadlarini birlashtirish va uni 5-ilovada mehnat kontrakti toifasi boʻyicha koʻrsatish - bu ham unchalik toʻgʻri emas.
Nima qilish kerak?
Oldingi band javobiga qarang.
Viktoriya BEZGINA