9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Ta’til oldindan berilganda
Xodimga 6 oydan keyin ta’til berilgan va ish yili uchun ta’til puli toʻlangan. Ta’til tugagach, xodim ishdan boʻshagan. Bunday holatlarda ish beruvchi qanday yoʻl tutishi lozim? Ishlanmagan ta’til kunlari uchun oldindan toʻlangan ta’til pulini xodimdan undirib olish mumkinmi?
Ushbu savollarga buxgalter.uz eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi:
– Haq toʻlanadigan yillik ta’til oldindan berilganda xodim ish yili tugamasdan ishdan boʻshaydigan boʻlsa, ish beruvchi xodimning roziligidan qat’i nazar, ta’tilning ishlanmagan kunlari uchun tegishli summani uning ish haqidan ushlab qolishga haqlidir. Xodim quyidagi asoslardan biriga koʻra ishdan boʻshatilgan holatlar bundan mustasno
:
- xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi
; - texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi
. - xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi yoki sogʻligʻi holatiga koʻra bajarayotgan ishiga noloyiq boʻlib qolganligi
; - xodim harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilganligi
; - shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga tiklanganligi
; - xodim oʻqishga kirganligi yoki pensiyaga chiqqanligi.
Koʻrib chiqilayotgan vaziyatda xodim keyinchalik ishlab berish sharti bilan ish yili uchun ta’til olgan. Biroq xodim yil tugamasdan ishdan boʻshagan va bu shartni bajarmagan.
bu summa ortiqcha toʻlangan ta’til pullarini (toʻliq yoki qisman) qoplashi mumkin.Xodimga hisoblangan ish haqi qarzdorlikni soʻndirish uchun yetarli boʻlmasa, unga ortiqcha olingan summani ixtiyoriy ravishda qoplash rasman taklif qilinishi lozim. Rad javobini olgan taqdirda, ish beruvchi qarzdan voz kechishi yoki uni sud tartibida undirib olishi mumkin.
. Mehnat daftarchasini bermasdan ushlab turganligi uchun ish beruvchi MKning 188-moddasiga muvofiq xodimga yetkazilgan zararni qoplash berishi shart.![]()