Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari va yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi 10.05.2021 yildagi 294-son VMQ. Ular yakka tartibdagi tadbirkorlarga tatbiq etilmaydi. Batafsil – norma.uz portali sharhida:
Yosh tadbirkorlik sub’yekti 18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan hamda yuridik shaхs maqomida yoki ta’sischilari sifatida sanoat yoki хizmat koʻrsatish yoʻnalishida investitsiya loyihasini amalga oshirish istagini bildirgan Oʻzbekiston fuqarolari hisoblanadi.
Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari toʻgʻrisidagi Nizomda quyidagi tartib nazarda tutilgan:
- yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil qilish;
- yosh tadbirkorlarning investitsiya loyihalarini tanlab olish va joylashtirish;
- zonalarda joylashgan binolar va inshootlarni хususiylashtirish;
- tijorat banklari tomonidan qurilgan bino va inshootlarni lizing yoki ijaraga berish;
Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom mablagʻlarini ajratish tartibini belgilaydi. Xususan, yosh tadbirkorlar uchun investitsiya loyihalarini moliyalashtirish Jamgʻarmasi mablagʻlari tijorat banklari tomonidan ajratilishi belgilandi.
Investitsiyalar va tashqi savdo Vazirligiga quyidagilar topshirildi:
- har yili 25 dekabrgacha - Jamgʻarmaning kelgusi yil uchun ish rejasini ishlab chiqarish va tasdiqlash;
- har yili 20 yanvargacha - jamgʻarma mablagʻlarining taqsimlanishi boʻyicha yillik hisobotni Vazirlar Mahkamasiga topshirish;
- ularning sarflanishini nazorat qilish.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.05.2021 yildan kuchga kirdi.
Norma.uz materiallari asosida