9 oyni xatolarsiz yopamiz:
«Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi e’lon qilindi. Unda yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jazo choralari jiddiy ravishda qat’iylashtirilishi koʻzda tutilgan.
Buxgalter.uz huquqbuzarlarni va ularga yordam beradigan mansabdor shaxslar qanday jazolanishini aniqlashtirdi.
Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olganlik uchun kichik jarimalar solish bu sohadagi qonunbuzarliklarning oldini olishga yordam bermadi. Yerlar noqonuniy ravishda ajratiladi, talon-taroj qilinadi – sugʻoriladigan yerlar aylanmadan chiqariladi, - deyiladi ishlab chiquvchilarning tushuntirish xatida.
Qonun loyihasi bir qator NHHlarni oʻzgartirishni nazarda tutadi:
1. «Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida»gi Qonun fuqarolarga, jamoat birlashmalariga, korxonalarga, muassasalarga va tashkilotlarga mahalliy Kengashlarning yerlarni sudda olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilishga imkon beruvchi norma bilan toʻldirilsin.
2. JKning 197 va 229-moddalariga quyidagilar uchun javobgarlik choralari qismida qoʻshimcha va uzgartirishlar kiritiladi:
- xuddi shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish – BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
- sugʻoriladigan yer uchastkalarini unda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda oʻzboshimchalik bilan egallab olish - BHMning 450 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
- Sugʻoriladigan yer uchastkasi yoki uning qismiga boʻlgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berish - BHMning 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Vaziyatni ogʻirlashtiradigan holatlarda (sugʻoriladigan yerlarga zarar yetkazish, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirish, yer qonunchiligini takroran buzish, xizmat mavqeidan foydalanish) - BHMning 500 baravarigacha miqdorda jarima yoki 5 yildan 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. koʻp miqdorda zarar yetkazgan hollarda, oʻta xavfli retsidivist tomonidan yoki uyushgan guruh tomonidan (yoki uning manfaatlarini koʻzlab) sodir etilgan boʻlsa - muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
- Sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar koʻrmaslik, agar xuddi shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa: birinchi huquqbuzarlikda - 200–400 BHM (150 BHM oʻrniga), keyingilarda 300–500 BHM (150-300 BHM oʻrniga);
3. MJTKga quyidagilar uchun javobgarlikni kuchaytiradigan oʻzgartirishlar kiritilmoqda:
Yerdan, suvdan, oʻsimlik yoki hayvonot dunyosidan oʻzboshimchalik bilan foydalanish yoxud yerga va boshqa tabiiy resurslarga (bundan yer osti boyliklari va yer osti suvlari mustasno) egalik huquqini bevosita yoki yashirin shaklda buzuvchi bitimlar tuzish yoki boshqa harakatlar sodir etish, tabiatdan maxsus foydalanish huquqini boshqalarga berish
– fuqarolarga jarima - 30–50 BHM;
– mansabdor shaxslarga - 50–70 BHM;
Shuningdek, javobgarlik choralarini kuchaytirish bilan bogʻliq MJTKga yerlardan xoʻjasizlarcha foydalanish yoki ularni yaroqsiz holga tushirish, vaqtincha egallab turilgan yerlarni oʻz vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni oʻz oʻrnida foydalanish uchun yaroqli holga keltirish yuzasidan majburiyatlarni bajarmaslik, xoʻjalik ichidagi yer tuzish loyihalaridan oʻzboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish va boshqalar yuzasidan oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Saida JONIZOQOVA tayyorladi