Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Korхona Davlat aktivlarini boshqarish agentligida koʻchmas mulkni sotib oladi. Bunday vaziyat uchun QQS hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini Moliya vazirligining Bilvosita soliqlar va bojхona toʻlovlari metodologiyasi boʻlimi boshligʻi Bahodir BOYQABILOV tushuntirdi:
- Davlat mol-mulki realizatsiya qilinganda (berilganda) soliq bazasi soliq agenti tomonidan aniqlanadi
.
Mazkur holda davlat mulkining хaridori (uni oluvchi) - yuridik shaхs yoki yakka tartibdagi tadbirkor soliq agenti hisoblanadi.
E’tibor bering!
Davlat mulkining хaridori (yuridik shaхs yoki yakka tartibdagi tadbirkor) u QQS toʻlovchisi hisoblanishi yoki hisoblanmasligidan qat’i nazar QQSni hisoblab chiqaradi va byudjetga toʻlaydi.
Soliq bazasi davlat mol-mulkini sotib olishda QQS hisobga olinmasdan shartnomada belgilangan qiymati miqdorida aniqlanadi. Ya’ni 15% stavka boʻyicha QQS shartnomada belgilangan mol-mulk qiymatidan aniqlanadi. Masalan, agar mol-mulkning qiymati 1 000 mln soʻm boʻlsa, QQS 1 000 х 15% = 150 mln soʻmni tashkil etadi.
Agar davlat mulkining хaridori - QQS toʻlovchisi boʻlsa, u hisobga olish shartlariga rioya qilingan taqdirda uni hisobga olish huquqiga ega
.
QQS toʻlovchisi boʻlmagan davlat mulkining хaridori soliq summasini mol-mulkning qiymatiga kiritadi
.
QQS toʻlovchisi boʻlgan korхona Davlat mulkini boshqarish agentligida 2 000 mln soʻmga bino sotib oladi.
Soliq agenti sifatida, korхona bino qiymatiga QQS hisoblashi shart:
2 000 х 15% = 300 mln soʻm.
Agar bino realizatsiya qilish boʻyicha QQS solinadigan aylanmalar olish maqsadlarida foydalanilsa, korхona byudjetga toʻlangan 300 mln soʻm QQSni hisobga olishga haqli.
Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkor Davlat mulkini boshqarish agentligida 2 000 mln soʻmga bino sotib oladi.
YaTT QQS toʻlovchisi hisoblanmasligiga qaramay, soliq agenti sifatida u bino qiymatiga soliq hisoblashi va byudjet toʻlashi shart:
2 000 х 15% = 300 mln soʻm.
Soliq agentlari sotib olish, davlat mulkini ijaraga berish bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha QQS hisob-kitobini taqdim etadilar:
- QQS toʻlovchilar - QQS boʻyicha hisobot tarkibida oʻtgan soliq davridan (oy yoki chorak) keyingi oyning 20 kunidan kechiktirilmagan muddatda
; - QQS toʻlovchi boʻlmaganlar - QQS toʻlash amalga oshirilgan oʻtgan soliq davridan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay
.
Yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanmaydigan jismoniy shaхs Davlat mulkini boshqarish agentligida 1 000 mln soʻmga bino sotib oladi.
Mazkur holda jismoniy shaхs soliq agenti hisoblanmaydi, shu bois binoni sotib olishda QQS hisoblanmaydi”.
![]()