9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Korxonaning chet ellik xodimi buxgalterdan my.soliq.uz saytidan chop etilgan va QR-kodi bilan tasdiqlangan toʻlangan daromadlar va ushlab qolingan soliq summalari toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani soʻrayapti. Oʻz iltimosini u deklaratsiyani taqdim etishda bu haqda undan soliq xizmati xodimlari soʻrashgani bilan asosladi.
Buxgalter.uz ushbu masalani aniqlashtirishga qaror qildi.
Joriy soliq davri (yil) tugaydigan har qanday ketma-ket 12 oylik davr davomida jami 183 kalendar kundan koʻproq Oʻzbekistonda boʻlgan shaxs soliq rezidenti deb e’tirof etiladi
.
Agar jismoniy shaxs tegishli soliq davrida (yilda) Oʻzbekistonda jami 183 kundan kam boʻlib, biroq ushbu turish muddati uning boshqa biror-bir davlatda turgan muddatidan koʻproq boʻlsa ham, u rezident hisoblanishi mumkin.
Norezident boʻlgan jismoniy shaxslarning mehnat shartnomalari yoki FHX shartnomalari boʻyicha Oʻzbekistondagi manbadan olingan daromadlariga (respublikaning ichkarisida yoki tashqarisida qilinganligidan qat’i nazar) 20% stavka boʻyicha JShDS solinadi, agar xalqaro shartnoma yoki boshqa NHHda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa
. Agar chet ellik - norezident boʻlsa, u deklaratsiya taqdim etishi shart emas.
Joriy yilning 1 apreliga qadar rezidentga aylangan chet ellik jismoniy shaxs-rezident unda daromad mavjud yoki mavjud emasligidan qat’i nazar jami yillik daromad toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etadi
.
Agar chet ellik xodim Oʻzbekiston rezidentiga aylansa, uning oldingi soliq davri (yil) uchun daromadlariga rezidentlar uchun belgilangan 12% stavka boʻyicha JShDS solinadi. Bunday xodim joriy yilning 1 apreliga qadar oldingi soliq davri uchun jami yillik daromad toʻgʻrisida deklaratsiya topshirishi kerak. Oʻtgan yil uchun ortiqcha toʻlangan soliq summasi unga qaytariladi
.
Agar mehnat shartnomasi yoki FHX shartnoma rezident boʻlgan chet ellik jismoniy shaxs bilan soliq davri (yil) mobaynida bekor qilingan va chet ellik respublikadan tashqariga chiqib ketayotgan boʻlsa, u ham daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiyani taqdim etishi zarur. Buni chiqib ketishidan 1 oy avval amalga oshirish zarur
. Agar norezident boʻlgan chet ellik jismoniy shaxs joriy yilning 1 fevraliga qadar chet elga doimiy yashashga chiqib ketsa, joriy yil uchun daromadlar boʻyicha deklaratsiya taqdim etilmaydi.
Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga soliq agentining DSQning 24.02.2020 yildagi AV roʻyxat raqami 3221-son qaroriga 4-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha toʻlangan daromadlar va ushlab qolingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summalari toʻgʻrisida ma’lumotnomasini ilova qilish zarur.
SK ish beruvchilarga jismoniy shaxslarga ularning iltimosiga binoan mazkur ma’lumotnomani berish majburiyatin yuklaydi
.
Haqiqatan, my.soliq.uz da toʻlangan daromadlar va ushlab qolingan soliq summalari toʻgʻrisida ma’lumotnomani chop etish mumkin. Mazkur funksiyadan saytga faqat jismoniy shaxsning ERIsi boʻyicha kirishda interaktiv xizmatlarda foydalanish mumkin.
Ma’lumotlar korxona tomonidan toʻldirilgan JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobiga 5 va 6-ilovalardan kelib chiqib shakllantiriladi. Biroq chet ellikning ma’lumotlarini faqat unda JShShIR (ShJBPH) mavjud boʻlgan taqdirda kiritish mumkin. Aks holda tizim xato beradi, hisobot joʻnatilmaydi.
Agar chet ellik xodimda yashash guvohnomasi boʻlmasa va tegishincha, JShShIR berilmagan boʻlsa, uning hisoblashlar va ushlab qolingan soliq summasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlari JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobiga 4-ilovaga umumiy raqam bilan - jismoniy shaxslarga ajratmagan holda kiritiladi. Shu bois ma’lumotnomani chet ellik xodim chop etolmaydi, sababi uning ma’lumotlari tizimda ajratilmaydi. Bu holda buxgalter ularni qoʻlda kiritishiga va xodimga chop etilgan shaklda taqdim etishiga toʻgʻri keladi.
Shu bilan bir vaqtda savollar tugʻiladi:
- Agar chet ellikda JShShIR mavjud boʻlmasa, u soliq rezidenti maqomiga ega boʻlganda chet ellik JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobining qaysi ilovasida koʻrsatilishi kerak? Shuningdek - 4-ilovada 20% stavka boʻyicha, chet ellik soliq boʻyicha ortiqcha toʻlangan toʻlovni deklaratsiya asosida qaytarishi kerakmi?
- Deklaratsiya bilan birga ma’lumotnomani qogʻoz shaklida keltirish mumkinmi? Axir chet ellik boʻyicha ma’lumotlar bazada mavjud emas, daromadlar toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani saytdan chop etolmaydi?
- Deklaratsiya topshirishda ma’lumotnoma qat’iy soliq organlari saytidan chop etilishi kerakligi haqida talab mavjudmi? Axir ushbu ma’lumotnomaning umuman boshqa shakli tasdiqlangan...
Qoʻyilgan savollarga DSQ mutaxassislaridan javoblar olishga harakat qilamiz.
Viktoriya BEZGINA