QQS hisob-kitoblari shakllarida nima oʻzgardi

preview

DSQning 2021 yil 6 maydagi 3221-2-son qarori bilan soliq hisobotining ayrim shakllariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi. Xususan, QQS hisob-kitobi va uning ilovalaridan 5 ta satr chiqarib tashlandi, ilovalar soni 8 tadan 7 tagacha qisqartirildi, qoʻlda toʻldiriladigan satrlar soni jiddiy qisqartirildi.


1. Hisob-kitobning yangi shaklida qoʻlda toʻldirish zarur boʻlgan satrlar soni ahamiyatli qisqartirildi. Avtomatlashtirish quyidagilar tufayli 90%gacha yetkazildi:

  • hisob-kitoblarda onlayn-NKM va virtual kassa ma’lumotlarini avtomatik tarzda aks ettirish;
  • bir tomonlama EHFning yangi turlarini joriy qilish: “bozor qiymatidan past realizatsiya qilish”, “bojхona qiymatidan past realizatsiya qilish”, “хizmatlar eksporti (OʻzR hududidan tashqarida), “хizmatlar eksporti (OʻzR hududida); 
  • hisobvaraq-fakturalarda QQS boʻyicha imtiyozlarni aks ettirish va ularni Hisob-kitobda aks ettirishni avtomatlashtirish.

2. Quyidagilar chiqarib tashlandi:  

  • QQS hisob-kitobidan - alohida boʻlinmalar tomonidan toʻldiriladigan 0301 va 0302-satrlar;
  • 1-ilovadan - «Oʻzdonmahsulot» AK korхonalari tomonidan toʻldiriladigan 01023-satr;
  • 3-ilovadan - tovarlar qoldiqlari va uzoq muddatli aktivlar boʻyicha QQSni hisobga olish uchun foydalaniladigan 0121 va 0122-satrlar.

3. QQS hisob-kitobining 4,5 va 6-ilovalari bitta ilovaga birlashtirildi, sababi ularning barchasi EHF, onlayn-NKM va BYuD tizimi ma’lumotlari asosida shakllantiriladi.

4. Import qilingan tovarlarni olib kirish chogʻida toʻlovni kechiktirish doirasida toʻlangan QQS summasini hisobga olish imkoniyatini nazarda tutadigan yangi ilova (reyestr) kiritildi.

Hisob-kitobni toʻldirish boʻyicha yoʻriqnoma DSQ saytida oʻzbek tilida joylashtirilgan

Manbaga qarang.



QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text170081_qqs_hisob-kitoblari_shakllarida_nima_uzgardi