Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
9 iyun kuni Prezident tomonidan “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi (09.06.2021 yildagi PF-6244-son Farmon). Hujjat ularda qurilish materiallari ishlab chiqariladigan 24 ta sanoat zonalari ishtirokchilariga imtiyozlar taqdim etadi.
2021 yil 1 iyuldan boshlab Farmonga 1-ilovaga asosan qurilish materiallarini ishlab chiqarish boʻyicha loyihalarda ishtirok etuvchi tadbirkorlarga imtiyozlar taqdim etiladi. Shu jumladan shartlangan preferensiyalar:
- bank kreditlari boʻyicha, shu jumladan aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun beriladigan kredit summasining 50%igacha, biroq 15 mlrd soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda kafolatlar;
- maqsadli kreditlar boʻyicha foiz хarajatlarini qoplash uchun quyidagicha kompensatsiyalar:
- milliy valyutada - MBning asosiy stavkasidan oshadigan, biroq 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan miqdorda;
- chet el valyutasida - tijorat banklari tomonidan belgilangan stavkaning 50%i, biroq 4 foiz punktidan koʻp boʻlmagan miqdorda;
- sinov laboratoriyasi uskunalarini sotib olish va хalqaro sifat menejmenti standartlarini joriy etish хarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar.
Hujjat ularda qurilish materiallarini ishlab chiqarish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun kichik sanoat zonalari barpo etiladigan 24 ta tumanni (Farmonga 2-ilova) belgiladi.
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi 1 oktyabrga qadar kim oshdi savdolari orqali 500 ta noruda foydali qazilmalar konlarini investorlarga berishi kerak.
- Kafolat bilan bank krediti qanday hisobga olinadi;
![]()