Oʻrindoshlik va ixtiyoriy ShJBPH - imtiyoz bor!

preview

Pensioner ikkita korxonada ishlaydi. Ish haqining 80%ini ixtiyoriy ShJBPHga oʻtkazish uchun ariza yozdi. Oʻrindoshlik asosidagi ishda ixtiyoriy ShJBPH boʻyicha imtiyozni qoʻllash mumkinmi, Soliq kodeksi boʻyicha cheklovlar yoʻqmi?

Savolga "Norma" eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi:

 

- Siz imtiyozdan ham asosiy ish joyi boʻyicha, ham boshqa joylarda, shuningdek, agar mavjud boʻlsa, boshqa daromadlar boʻyicha foydalanishingiz mumkin.

Fuqarolarning Xalq bankidagi ixtiyoriy ravishda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladigan soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlari summasiga soliq solinmaydi .

Ya’ni JShDS boʻyicha ushbu imtiyozdan barcha daromadlar, shu jumladan - asosiy ish joyi boʻlmagan joyda olingan ish haqi boʻyicha ham foydalanish mumkin.

 

E’tibor bering
Qanday hollarda ilgarigi ish joyidan daromadlar toʻgʻrisida ma’lumotnoma zarurligi haqida bu yerda batafsil oʻqing.

JShDS va ijtimoiy soliq — maslahatlar JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text170424_urindoshlik_va_ihtieriy_shjbph_-_imtiez_bor