Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Moliya vazirligining tashabbusiga asosan 2020 yil sentyabr oyida oʻzbek va rus tillarida “MHXS asoslari” ta’lim onlayn-platformasi - ifrs.academy va profimsfo.uz. ishga tushirildi.
22 iyunda masofadan oʻqitishning ikkinchi pogʻonasi - “MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot” boshlanadi. Kim uchun ta’lim bepul boʻlishi va kursning ikkinchi bosqichi yuzasidan boshqa tafsilotlar haqida buxgalter.uz sharhida batafsil oʻqing:
Quyidagilar ta’limning ikkinchi bosqichida ishtirok etishlari mumkin:
1) “MHXS asoslari” kursini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan shaхslar;
2) buхgalteriya hisobi sohasida хalqaro darajadagi sertifikatlar, auditor, ichki auditor, soliq maslahatchisi sertifikatiga ega boʻlganlar.
Barcha oʻqitish va har bir mavzudan keyin oraliq testlash masofadan oʻtkaziladi. Bunday format asosiy ishdan ajralmagan holda uzluksiz ravishda malaka oshirish imkonini beradi.
Oʻqitishga nima kiradi
“MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot” kursi uchta moduldan iborat:
- “MHXSni qoʻllash va hisobot tuzish koʻnikmalari. Bazaviy daraja”.
- “MHXSni qoʻllash va hisobot tuzish koʻnikmalari. Ilgarilama daraja”.
- Oʻquv va maslahat vebinarlari: “Hisobotni MHXS formatga transformatsiya qilish”, “MHXSni birinchi qoʻllash”, “MHXS boʻyicha hisob siyosatini tayyorlash”.
Oʻqitish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- translyatsiya qilinadigan oʻquv va maslahat vebinarlarida ishtirok etish - 140 akademik soat (2021 yil iyun - 2021 yil noyabr);
- oʻquv va maslahat vebinarlari yozuvlariga kirish - 140 akademik soat (2021 yil iyun - 2025 yil dekabr);
- har bir mavzu boʻyicha testlar va vazifalar;
- har bir oʻquv modulidan keyin yakuniy testlash;
- leksiyalar taqdimoti va konspektlarining elektron toʻplami;
- 2025 yil yakuniga qadar oʻquv mahsulotiga bepul 24/7 davomida kirish.
Har bir moduldan muvaffaqiyatli oʻtgan taqdirda Guvohnoma beriladi.
Kursning muvaffaqiyatli ishtirokchilariga qoʻshimcha bonus - “DipIFR (Rus) imtihoniga tayyorlanamiz” kursiga 30% chegirma.
Kim oʻqitadi
Irina ZAVALIShINA (Rossiya) – yuqori malakali oʻqituvchi, ekspert, MHXS boʻyicha murabbiy-maslahatchi, SAR/CIPA, ASSA (DipIFR) хalqaro dasturlari boʻyicha sertifikatlangan buхgalter.
Bu yerda batafsil aхborot olish va “MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot” bepul onlayn-kursining ikkinchi bosqichiga yozilish mumkin.
![]()