II chorak uchun statistika boʻyicha kuzatuvdan oʻtishni unutmang

preview

Davstatqoʻm saytida “Tanlanma kuzatuv” boʻlimida tasdiqlangan joriy yilning II choragi uchun tanlanma kuzatuv ostiga tushgan kichik korxonalar va mikrofirmalar roʻyxati e’lon qilingan.


Qayd etamizki, endi koʻrsatilgan korxonalar yangi  4-kb savolnoma (ilgari 1-kb kuzatuv, 2-kb kuzatuv va 3-kb kuzatuv) shakli boʻyicha va eStat 4.0. dasturining yangi versiyasida kuzatuvdan oʻtkaziladi.

E’tibor bering!
4-kb savolnoma kuzatuv shaklini 2021 yilning II choragi uchun 2021 yil 15 iyulga qadar taqdim etish zarur.

Uni toʻldirish uchun http://hisobot.stat.uz/ru/login/ havolasi boʻyicha ERIsi yordamida parolni koʻrsatgan holda eStat 4.0. dasturiga kirish zarur:

sizning tashkilotingiz nomi va uning rekvizitlari - KTUT, STIR bilan oyna ochiladi.

Shundan keyin oʻzingizning tashkilotingiz nomiga bosing va siz “sizning shaxsiy kabinetingiz”ga tushasiz.

“Shaxsiy kabinet”ning oʻng qismida tugmalar - sizning statistika hisobotlaringizning “maqomlari” - “joʻnatilganlar”, “rad etilganlar”, “qabul qilinganlar”, shuningdek statistika organlarining vakolatli vakillarining xabarnomalari aks ettiriladi.

Kabinetning chap qismida taklif etilgan roʻyxatdan “Kichik biznes va tadbirkorlik” havolasini tanlash zarur.

Keyin 4-kb savolnoma shakli tanlanadi va “Joʻnatish” tugmasiga bosiladi. Xavotirlanmang, sizda shakl darhol joʻnatilmaydi, u shunchaki toʻldirish uchun ochiladi.

Shaklning barcha zarur boʻlimlarini koʻrsatkichlar (statistika hisobotining yuqori paneli) bilan toʻldirgach, “Joʻnatish” tugmasiga bosing.

E’tibor bering!
4-kb savolnoma shaklining har bir boʻlimi boʻyicha mantiqiy nazorat - koʻrsatkichlarni toʻgʻri toʻldirish formulasi bilan tekshirish nazarda tutilgan . “Saqlash” tugmasiga e’tibor bering - unga bosishni unutmang, aks holda sizning boʻlimlar boʻyicha toʻldirilgan koʻrsatkichlaringiz saqlanmaydi va qaytadan toʻldirishga toʻgʻri keladi.

Toʻldirishda yordamlar - shakl boʻlimlarining jadval qismi ostidagi 4-kb savolnoma shaklining u yoki boshqa boʻlimida aynan qaysi koʻrsatkichlarni aks ettirish zarurligi toʻgʻrisida izohlar sizga koʻmaklashadi.

Hisobotning toʻldirilgan shaklini 4-kb savolnoma shaklining yakuniy qismida tegishli tugmaga bosgan holda Excel ga yuklash mumkin.

“Shaxsiy kabinet”dan chiqish uchun uning chap qismi yuqorisida oʻzingizning tashkilotingiz nomiga bosing va keyin “Chiqish”ga bosing.

4-kb savolnoma shaklini toʻldirish masalalari boʻyicha (71) 202 -81-07, (71) 202 -81-08 telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.

eStat 4.0. dasturi ishida texnik masalalar boʻyicha  (71) 202- 81- 45 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.

Sizga muvaffaqiyatlar tilaymiz, hurmatli buxgalterlar!

Tatyana LIMAREVA,

“Norma” eksperti 

Bosh buxgalter uchun eslatma Bosh buxgalter uchun eslatma Bosh buxgalter uchun eslatma /oz/publish/doc/text170839_ii_chorak_uchun_statistika_buyicha_kuzatuvdan_utishni_unutmang