9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Joriy yilning 10 iyuligacha spirtli va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari ilk bor “Sogʻlom turmush tarzi” yigʻimini hisoblab toʻlashlari, shuningdek tegishlicha hisob-kitob qilishlari kerak
. DSQ mutaxassislari buxgalter.uz iltimosiga koʻra soliq toʻlovchilarning ushbu toifasi yangi majburiyatlarini qanday bajarishlari kerakligi haqida soʻzlab berdilar.
Yigʻim Vazirlar Mahkamasining 28.04.2021 yildagi 253–sonli ««Sogʻlom turmush tarzi» platformasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq kiritildi va aholi orasida yurish va yugurishni ommalashtirishga qaratilgan.
Toʻlov summasi spirtli mahsulotlar (pivo, aroq) va tamaki mahsulotlari (sigaret)ni sotish hajmidan va oʻrnatilgan yigʻimlar miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi 
|
Mahsulot turi |
Realizatsiya qilingan mahsulot hajmiga |
|
Pivo |
500 soʻm. / 1 dal |
|
Aroq |
500 soʻm. / 1 dal |
|
Sigaret |
500 soʻm. / 1 000 dona. |
Hisob-kitob shakli soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida mavjud.
1. «YuSh hisobotini joʻnatish» interfaol xizmatini tanlang.

2. «Elektron shakllar» menyusini tanlang.

3. «Boshqalar» menyusiga kiring.

4. 420 kodli “Sogʻlom turmush tarzi” platformasi yigʻimlari boʻyicha hisob-kitob” elektron shaklini tanlang.

5. Shaklni toʻldiring, hisob-kitob tafsilotlarida, “soliq” boʻlimida 174 – “Sogʻlom turmush tarzi” jamgʻarmasiga yigʻim” kodini koʻrsating. Umuman olganda, shaklni toʻldirish qiyinchilik tugʻdirmasligi kerak.


Shuningdek, “Sogʻlom turmush tarzi” jamgʻarmasiga yigʻimni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida ham shakllantirish mumkin.
Buning uchun “Yuridik shaxslar soliqlarini toʻlash” interfaol xizmatidan foydalaning. “Soliq turlari” filtrining “Soliq turlari” satrida 174 – “Sogʻlom turmush tarzi” jamgʻarmasiga yigʻim”ni tanlang. Toʻlov topshiriqnomasini shaxsiy kabinet orqali shakllantirish hujjat shaklini toʻldirishda xatolarga yoʻl qoʻyilmasligini ta’minlaydi.
Ushbu yigʻimning barcha toʻlovchilari shaxsiy kabinetlariga tegishli ogohlantirishlar joʻnatilgan.
Oleg GAYeVOY tayyorladi