Soliq idorasiga guvoh sifatida chaqirishsa, nima qilmoq kerak?

preview

Huquq-tartibot organlari ostonasidan oʻtganda, har qanday inson stress holatiga tushadi. Soliq inspeksiyasi ham bundan mustasno emas. Shu boisdan, agar sizni shunchaki guvoh sifatida soʻroqqa chaqirishgan boʻlishsa ham bir oʻzingiz bormaganingiz ma’qul. Yurist yoki advokat yoningizda boʻlsa, oʻzingizni dadilroq sezasiz, inspektorlar esa oʻzini tiyib turadi va sizga bosim oʻtkazishga jur’at etmaydi. Shuningdek,  advokat (yurist) javob berishingiz shart boʻlmagan savollarni belgilab beradi.

Bu masalada buxgalter.uz iltimosiga binoan advokat Eleonora MAZUROVA quyidagi maslahatlarni berdi:


– Soliq idorasi tomonidan soliq nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga ega biror-bir holatlar oʻziga ma’lum boʻlgan har qanday voyaga yetgan jismoniy shaхs koʻrsatmalar berish uchun guvoh sifatida chaqirilishi mumkin . Tekshiruvchilar guvoh sifatida nafaqat kontragentlar va biznes boʻyicha hamkorlarni, balki sizning hozirgi va sobiq хodimlaringizni ham ishga jalb etishi mumkinligini hisobga oling. Bunda ayniqsa keyingilarning jalb etilishi e’timoli katta.

Amaliyotda shunday holatga duch kelish mumkinki, tergovchi “siz yolgʻon gapirayapsiz” deb, koʻrsatmalaringizni bayonnomaga kiritishdan bosh tortadi.  Boshqa guvohlar oʻzgacha koʻrsatmalar berganligini aytib, sizni ular aytganini aytishga majburlaydi. Hattoki qogʻozga tushirilgan tergovlar bayonnomasini ham koʻrsatadi.  Inspektor shunday ish tutishga haqlimi?

Tergovchining quruq gaplariga e’tibor bermang. Agar koʻrsatmalaringizga ishonchingiz komil boʻlsa va ularni isbotlay olsangiz, oʻz fikringizda qattiq turing va uni inspektorga yoqadigan tarzda oʻzgartirmang. Hattoki agar guvohlardan kimdir boshqa koʻrsatmalar bergan boʻlsa ham.

Birinchidan, goʻyoki “boshqa koʻrsatmalar” bitilgan  qogʻozlar  inspektorning hiylasi boʻlishi mumkin. Ikkinchidan, har bir guvoh oʻzi uchun oʻzi javob beradi.

E’tibor bering!

Shu mavzuda «Norma» yuristlaridan batafsil tavsiyalarni quyidagi havola orqali oʻqing:

 

 

Yuridik yordamchi Yuridik yordamchi Yuridik yordamchi /oz/publish/doc/text170934_soliq_idorasiga_guvoh_sifatida_chaqirishsa_nima_qilmoq_kerak