Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Onlayn-NKT tushumlar boʻyicha hisobotida oʻchib ketgan ma’lumotlarni qanday tiklash mumkin
Soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetidagi “Onlayn-NKM va virtual kassalar boʻyicha aхborot” interaktiv хizmatining “Tushumlar boʻyicha hisobot” menyusida hisobot davrining bir necha kuni boʻyicha ma’lumotlar aks ettirilmayapti. Buning oqibatida Soliq boʻyicha hisob-kitobda onlayn NKM tushumi boʻyicha notoʻgʻri ma’lumotlar shakllanmoqda.
“Yoʻqotilgan” cheklarni qanday topib, Hisobotda хatolarga yoʻl qoʻymaslik mumkin? Bu savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra DSQ huzuridagi «Yangi texnologiyalar» IAM onlayn-NKM va virtual kassalar boʻlimi boshligʻi Elnor FOZILOV javob berdi:
– Ha, teхnik sabalarga koʻra bu kabi voqealar boʻlishi mumkin, lekin vaziyatning yechimi bor. Skrinshotlarda koʻrishingiz mumkinki, birinchi holatda tushumlar boʻyicha hisobotda 24 va 25 iyul kunlari uchun ma’lumotlar yoʻq, ikkinchi skrinshotda esa ular tiklangan boʻladi.


Demak, tushumlar boʻyicha hisobotda barcha ma’lumotlar toʻgʻri aks ettirilishi uchun “Tushumlar boʻyicha hisobot” menyusidagi “Yangilash” ( “Obnovit”) tugmasidan foydalaning.

“Yangilash” tugmasi bosilgandan soʻng dialog oynachasi tomonidan soʻralgan ma’lumotlarni toʻgʻri toʻldirish kerak.

Agar sizda bir nechta onlayn-NKM yoki virtual kassalar boʻlsa, ma’lumoti yoʻqotilgan qurilmaning fiskal raqamini tanlang. Shuningdek, “yil” va “oy” satrlariga e’tibor bering, ularda ma’lumotlari tiklanayotgan davrlar turishi kerak.

Soʻrovning barcha shartlari toʻldirilgandan soʻng yana “Yangilash” tugmasini bosing.
Ma’lumotlar tahminan bir soat mobaynida yangilanadi. Shundan soʻng tushumlar boʻyicha yangilangan hisbotni tekshirishingiz mumkin. Endi unda barcha ma’lumotlar toʻgʻri koʻrsatilishi kerak.
Oleg GAYeVOY tayyorladi