9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Oʻzbekiston korxonasining UFda chet el fuqarosi-norezidentdan ulushni sotib olishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi? Xarid qanday rasmiylashtiriladi? Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:
Xaridor - jismoniy shaxs, sotuvchi - yuridik shaxs
- Norezident boʻlgan yuridik shaxslarning rezident boʻlgan yuridik shaxslarning UFdagi (UKdagi) ulushi (paylar)ni realizitsiya qilishdan olingan daromadlariga toʻlov manbaida soliq solinadi
.
Ushbu ulush, aksiyalarni (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan aksiyalar mustasno), shuningdek SKning 351-moddasi 2-qismi 5-bandida koʻrsatilgan ulushlar (paylar) va boshqa mol-mulkni sotib olayotgan rezident boʻlgan jismoniy shaxs soliq agenti deb e’tirof etiladi
. Ushbu bitim doirasida jismoniy shaxsda qandaydir boshqa soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi.
Soliq agenti SKning 356-moddasida nazarda tutilgan tartibda soliqni hisoblab chiqaradi, ushlab qoladi va byudjetga oʻtkazadi
.
Buning uchun soliq agenti (yoki u tomondan vakolat berilgan shaxs) sotib olinayotgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi roʻyxatdan oʻtkazilgunga (rasmiylashtirilgunga) qadar:
1) rezident boʻlgan yuridik shaxsdan olinadigan foyda soligʻini hisoblab chiqarish uchun daromadni aniqlashi;
Ulushni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar ulushni realizatsiya qilish summasining uni hujjatlar bilan tasdiqlanadigan sotib olish qiymatidan oshgan summasi sifatida aniqlanadi.
Ulushni realizatsiya qiluvchi norezident soliq agentiga mol-mulkni sotib olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning (ular mavjud boʻlgan taqdirda) koʻchirma nusxalarini taqdim etishi shart
.
Ulushni sotib olish qiymatini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud boʻlmaganda, soliq agenti tomonidan soliqni ushlab qolish uni realizatsiya qilish qiymatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi
.
Biz bu haqda batafsil bu yerda yozganmiz.
2) norezident boʻlgan yuridik shaxsning mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlari boʻyicha belgilangan Hisob-kitobni toʻldirish Tartibiga muvofiq yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi Hisob-kitobini toʻldirish.
Hisob-kitobning titul varagʻidan yuridik shaxslarning shaxsiy kabinetida 103-kod boʻyicha “Foyda soligʻi hisob-kitobi (norezidentlar uchun)” 103-kod, 10306_2-kodi boʻyicha “Mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan, YuSh foyda soligʻi hisob-kitobi” elektron shaklda foydalanish mumkin.
Ushbu shakl uni ham norezident yoki rezident boʻlgan jismoniy shaxs, ham chet ellik yuridik shaxs tomonidan toʻldirilishini nazarda tutadi.
Rezident boʻlgan jismoniy shaxs mazkur shaklni toʻldira olishi uchun, unga, albatta, unda ulushi sotib olinayotgan yuridik shaxsning soliq toʻlovchining kabinetiga kirish imkoniyati boʻlishi zarur. Yoki yuridik shaxs shaklni ishonchnoma asosida jismoniy shaxs nomidan toʻldirishi mumkin.
Hujjatlarning toʻliq toʻplamini hisob-kitoblar bilan birga titul varagʻiga biriktiring.
Mazkur Hisob-kitobni ulushi sotilayotgan yuridik shaxs hisobga olingan joydagi soliq organiga qogʻoz shaklida
ham taqdim etish mumkin
;
3) soliq summasini soliq bazasidan kelib chiqqan holda 20% stavka boʻyicha hisoblab chiqarish va ushlab qolish
.
Shundan soʻng:
- soliq organi soliq toʻlanganligi faktini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan sanadan e’tiboran 1 ish kuni ichida soliq agentiga yoki uning vakolatli shaxsiga soliq toʻlanganligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma beradi. Ma’lumotnoma olingan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazuvchi (rasmiylashtiruvchi) organga taqdim etish zarur
; - olinadigan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazuvchi (rasmiylashtiruvchi) organlar soliq organining ma’lumotnomasi taqdim etilgan taqdirdagina buni amalga oshiradi
.
Xaridor - jismoniy shaxs va sotuvchi - jismoniy shaxs
Agar UFdagi ulushni sotuvchi norezident boʻlgan jismoniy shaxs boʻlsa, bu holda ham jismoniy shaxs-ulushni sotib oluvchi soliq agenti deb e’tirof etiladi
.
SKning 356-moddasida nazarda tutilgan tartib mazkur bitimga ham tatbiq etiladi. Bunda xaridor chet ellik jismoniy shaxsning jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq, qat’iy belgilangan miqdorda soliq va ijtimoiy soliq boʻyicha soliq hisoboti Shakllariga 4-ilovaga asosan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan chet ellik jismoniy shaxsning daromadlari boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi Hisob-kitobini toʻldiradi.
Hisob-kitobni qanday toʻldirish Chet el jismoniy shaxsining mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlari boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi
hisob-kitobini toʻldirish Tartibida aytilgan.
Qayd etish joizki, jismoniy shaxsning shaxsiy kabinetida ham, yuridik shaxsning shaxsiy kabinetida ham ushbu shakldan elektron shaklda foydalanish imkoinyati mavjud emas. Binobarin, uni qogʻoz shaklida toʻldirish va norezident boʻlgan yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan izchillikda uni soliq organiga yuborish zarur.
