9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Korxona tugatilmoqda. Bu holda xodimlarga nimani va qanday tartibda toʻlashga toʻgʻri kelishi haqida buxgalter.uz sharhida oʻqing:
1. Ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi ogohlantirish muddati davomida ish haqi va ish rejimi
Xodimni korxonani tugatish munosabati bilan boʻlgʻusi ishdan boʻshatish haqida 2 oy oldin ogohlantiradilar. Butun ushbu muddat davomida u mehnat vazifalarini bajarishni davom ettiradi, shu bois unga ish haqi mehnat shartnomasi, shtat jadvali, Mehnatga haq toʻlash boʻyicha nizom, boshqa lokal hujjatga asosan hisoblanadi.
Bunda MKning 102-moddasiga asosan xodim boshqa ish qidirish uchun haftada kamida 1 kun shu vaqt uchun ish haqi saqlangan holda ishga chiqmaslik huquqiga ega.
Agar korxonaning jamoa shartnomasida ish beruvchining ogohlantirish muddati davrida xodim boshqa ish qidirishi uchun haftada qoʻshimcha ish kuni taqdim etish majburiyati nazarda tutilgan boʻlsa, ularni xodimga uning talabiga binoan taqdim eting.
2. Agar ogohlantirish muddati pullik kompensatsiya bilan almashtirilgan boʻlsa, ushbu summa qanday hisoblab chiqariladi
Xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan ogohlantirishni pullik kompensatsiyaga almashtirish mumkin
. U oʻrtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibining 5-bandiga muvofiq keyingi 2 kalendar oyidagi oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqib hisoblab chiqariladi.
Ushbu daromadni xodimning boshqa daromadlariga kiritish mumkin
.
3. Mehnatga vaqtbay ish haqi (maosh) toʻlashda ishdan boʻshatish nafaqasi summasi qanday hisoblab chiqariladi
Korxonani tugatishda xodimlar ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan boʻshatiladi
. Agar mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinsa, xodimlarga ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanishi lozim, xodim oʻzining mehnat vazifalarini bajarmaganligi sababli shartnomaning bekor qilinishi bundan mustasno
.
Ishdan boʻshatish nafaqasining miqdori hisob-kitob kunida lavozim maoshiga teng boʻlgan, oxirgi 12 oy uchun olingan mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ish haqiga qoʻshimcha haqlar va ijtimoiy sugʻurta boʻyicha badallar hisoblanadigan boshqa toʻlovlar 1/12 ga (6 oy toʻliq ishlaganlarga 1/6 ga; 7 oy toʻliq ishlaganlarga 1/7 ga va h.k.) oshirilgan oʻrtacha oylik ish haqidan kam boʻlmasligi kerak
.
Ishdan boʻshatish nafaqasining miqdori korxonada oʻrtacha ish haqidan yuqori belgilanishi mumkin. Har qanday holda u mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromad hisoblanmaydi, balki jismoniy shaxslarning boshqa daromadlariga kiritiladi
shu bois JShDS solinadi, biroq ijtimoiy soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi
.
Xodim bilan tashkilotning tugatilishi sababali mehnat shartnomasi bekor qilinmoqda. MKning 109-moddasiga asosan oʻrtacha oylik ish haqi miqdorida ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanmoqda. Ishdan boʻshatish kunida maoshi 2 800 000 soʻmni tashkil etgan.
Oxirgi 12 oyda xodim 3 000 000 soʻm miqdorida qoʻshimcha toʻlovlar oldi.
Oʻrtacha oylik ish haqi quyidagini tashkil etadi:
2 800 000 + 3 000 000 : 12 = 3 050 000 soʻm.
Ushbu summa xodimga ishdan boʻshatish nafaqasi sifatida toʻlanadi.
4. Tugatish ish yurituvi davrida korxonada barcha ishlar toʻxtatilgan, xodimlarning qilishga ishlari yoʻq. 2 oy ogohlantirish va ishlab berish oʻrniga, ish beruvchi ularga kompensatsiya toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Kompensatsiyadan ortiqcha yana qandaydir summalar toʻlash zarurmi va ularga qanday soliqlar solinadi
Agar ish beruvchi tashabbusi bilan ishdan boʻshatish toʻgʻrisida ogohlantirishdan keyin ishlab berish kompensatsiyaga almashtirilgan boʻlsa, xodimga ishdan boʻshatishda quyidagi bir martalik toʻlov toʻlanadi:
|
Ishdan boʻshatilayotgan xodimning daromadi |
Summa |
Soliq solish |
Soliq solish uchun asos |
|
Ogohlantirishning 2-oylik muddati oʻrniga pullik kompensatsiya |
Oxirgi 2 kalendar oy uchun oʻrtacha oylik ish haqi |
JShDS solinadi va ijtimoiy soliq solinmaydi |
SK 377-m. 15-b. |
|
Foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya. Tugatishda ta’tilning ishlanmagan kunlari uchun ushlab qolish amalga oshirilmaydi |
(Ishdan boʻshaish kunida maoshi + ijtimoiy soliq solinadigan yillik toʻlovlarning 1/12 qismi : 25,4 x foydalanilmagan mehnat ta’tili kunlari soni. Bu haqda batafsil bu yerda oʻqing |
JShDS, ijtimoiy soliq |
|
|
Ishdan boʻshatish nafaqasi |
Ishdan boʻshatish kunida maoshi + ijtimoiy soliq solinadigan yillik toʻlovlarning 1/12* qismi. * 6 oy toʻliq ishlaganlarga 1/6; 7 oy toʻliq ishlaganlarga 1/7 va h.k. |
JShDS, ijtimoiy soliq solinmaydi |
SK 377-m. 9-b. |
Korxonani tugatish munosabati bilan ishdan boʻshatishda ish qidirish davrida 2 oydan ortiq boʻlmagan davr mobaynida xodimlarning oʻrtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi. Agar tugatilayotgan korxonaning xodimlari mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab 30 kalendar kun mobaynida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtsalar, mahalliy mehnat organi bergan ma’lumotnomaga binoan uchinchi oy uchun ham oldingi ish joylaridan oʻrtacha ish haqi olish huquqiga ega boʻladilar
.
Agar tugatilayotgan korxonada ushbu toʻlovlar uchun mablagʻlar mavjud boʻlmasa, xodimlarga kompensatsiyalar Ish bilan ta’minlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
5. Toʻlovlardan tashqari
Ish beruvchi tugatish munosabati bilan xodimlarni ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi ogohlantirish bilan bir vaqtda mahalliy mehnat organiga har bir xodimning kasbi, mutaxassisligi, malakasi va mehnat haqi miqdorini koʻrsatgan holda - boʻlajak ishdan ozod qilish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni ham ma’lum qilishi shart
.
Sizga tavsiya foydali boʻlishi mumkin:
