Qanday soliq hisobotlari 23 iyulga koʻchiriladi

preview

Diqqat! 20, 21 va 22 iyul bayram va ishlanmaydigan kunlarga toʻgʻri keladi. Shu bois soliq hisobotlarining ba’zi shakllarini taqdim etish va soliqlarni toʻlash 23 iyulga koʻchiriladi  .

Xususan:

23 iyul - quyidagining soʻnggi kuni:

  • 2021 yil iyun uchun hisobot topshirish va QQS toʻlashning soʻnggi kuni ;
  • tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasi oyiga 1 mlrd soʻmdan oshmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2021 yil II chorak uchun hisobot taqdim etish va QQSni toʻlashning soʻnggi kuni  .
  • 2021 yil II chorak uchun hisobot taqdim etish va foyda soligʻini toʻlashning soʻnggi kuni.

Byudjet tashkilotlari va NNT tomonidan foyda soligʻi boʻyicha soliq hisoboti soliq davri yakunlariga koʻra taqdim etiladi (2021 yil uchun - yilda bir marta), bundan matlubot kooperativlari mustasno. Oʻtgan soliq davrida sizda jami daromad mavjud boʻlmagan taqdirda hisobotni taqdim etish talab qilinmaydi.

Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar soliq hisobotini taqdim etish va foyda soligʻini toʻlashni yiliga bir marta - hisobot davridan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay amalga oshiradi   .

E’tibor bering!

2021 yil II chorak uchun foyda soligʻining elektron shaklini shakllantirishda shaklning 10205_31 yangi kodini tanlash lozim.

Agar siz 2021 yil II chorak uchun 10205_28 eski shakl boʻyicha hisobot topshirgan boʻlsangiz, hisobot qabul qilingan va hammasi joyida - uni qayta topshirish shart emas.

  • yuridik shaхslardan olinadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlashnig soʻnggi kuni - soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchi boʻlmagan yuridik shaхslar tomonidan - 2021 yil iyul uchun yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida.

Soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar boʻlmagan yuridik shaхslar, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlari - har chorak uchinchi oyining 20 sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlanadi .

 

  • 2021 yil iyun uchun norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha hisobotni soliq agenti tomonidan taqdim etishning soʻnggi kuni. Soliqning oʻzi byudjetga norezidentga daromadlar toʻlangan kundan keyingi kundan kechiktirmay taqdim etiladi .
  • 2021 yil iyun uchun chet ellik shaхslardan sotib olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha hisobot taqdim etish va QQS toʻlashning soʻnggi kuni . Hisob-kitob oʻsib bormaydigan yakun bilan toʻldiriladi, aynan - 2021 yil iyun uchun koʻrsatkichlar bilan . QQS toʻlovchilar boʻlmagan soliq agentlari oʻzi soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga hisobotni toʻlash amalga oshirilgan oʻtgan soliq davridan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay taqdim etadilar .
  • 2021 yil II chorak uchun elektron shakldagi хizmatlarni koʻrsatuvchi chet el yuridik shaхslari tomonidan QQS boʻyicha hisobotni taqdim etishning soʻnggi kuni  ;
  • 2021 yil iyun uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning soʻnggi kuni ;
  • soliq agentlari tomonidan 2021 yil iyun uchun dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha hisobotni taqdim etishning soʻnggi kuni. Soliqning oʻzi dividendlarni va foizlarni toʻlash muddatidan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi .

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text171185_qanday_soliq_hisobotlari_23_iyulga_kuchiriladi