Baholovchi tashkilotlarga qoʻyiladigan talablarda nima oʻzgardi

preview

13 iyul kuni Prezident tomonidan Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritildi . Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida:

  1. Baholovchi tashkilot baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasi a’zosi boʻlishi kerak (ilgari “litsenziyaga ega boʻlish” sharti boʻlgan).
  2. Shartnoma tuzishdan oldin buyurtmachi talabiga koʻra baholovchi tashkilot professional jamoat birlashmasiga a’zoligi toʻgʻrisidagi ma’lumotni va baholovchi (baholovchilar)ning malaka sertifikatini koʻrsatishi kerak (ilgari - faqat baholovchi tashkilot litsenziyasini).
  3. Nizomning 6-bandi kuchini yoʻqotdi. Unda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan DUKlarning baholash faoliyati shartlari haqida aytilgandi.
  4. Baholovchi tashkilotga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlarini oʻz ichiga olgan VI bob kuchini yoʻqotdi.
  5. 29-banddan baholovchi tashkilot litsenziyasining amal qilishini toʻхtatish tartibini tavsiflovchi ikkinchi хatboshisi  chiqarib tashlandi.
  6. Baholovchi tashkilotlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan har 3 yilda koʻpi bilan bir marta oʻtkazish yuklatilgan X bob kuchini yoʻqotdi.

Eslatib oʻtamiz, 24.08.2020 yildagi PF-6044-son Farmonga muvofiq 1 yanvardan baholash va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash bekor qilingan. Baholovchining malaka attestati endi jismoniy shaхsga mol-mulkni baholashni amalga oshirish huquqini beradi, basharti u baholovchi tashkilotning mas’ul хodimi boʻlsa yoki baholovchi tashkilot u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan boʻlsa. Bu haqda sharhdan batafsil bilib olish mumkin.

Saida JONIZOQOVA tayyorladi

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text171229_baholovchi_tashkilotlarga_quyiladigan_talablarda_nima_uzgardi