9 oyni xatolarsiz yopamiz:
2020 yil 1 iyuldan boshlab 17 raqamli MXIKga oʻtish boshlandi. Biroq hanuz ularni qoʻllashning imkoni boʻlmagan, sababi bunga EHA (EHF) va onlayn-NKT tizimlari moslashtirilmagandi. Buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ MXIKning yangi formatiga oʻtish tartibini aniqlashtirdi.
26 iyuldan boshlab 5, 8 va 11 xonali MXIKlarni tanlanganlarga saqlash imkoni cheklanib, 1 avgustdan ulardan foydalanish toʻliq toʻxtatiladi.
1 avgustga qadar, barcha tadbirkorlik sub’yektlari tasnif.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali oʻzlariga tegishli boʻlgan mahsulot va xizmatlar uchun 17 ta raqamli MXIKlarni saqlab olishlari lozim.
Tasnif.soliq.uz portalida mahsulot yoki xizmat turi uchun MXIK topilmagan taqdirda, saytdagi chat yoki 1198 qisqa raqami orqali mutaxassisga murojaat qiling. MXIK bazasi har 24 soatda yangilanadi.
Shuningdek, idora eslatadi:
- 2021 yil 28 apreldagi 249-son VMQ qaroriga muvofiq MXIK kodlari EHF, elektron shartnomalar hamda onlayn-NKM yoki virtual kassa cheklarida aks ettirilishi shart.
- Keltirib oʻtilgan hujjatlarda MXIKning notoʻgʻri qiymati ma’lumotlarni xato shakllanishiga, xarid (kirim) qilingan va sotilgan mahsulotlarni nomunatanosibligiga olib keladi.
Manbaga qarang.
