Ijtimoiy soliq summasini byudjetdan qoplash toʻgʻrisida ariza qanday yuboriladi

preview

24.07.2021 yildagi 460-son VMQ bilan Ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini davlat byudjetidan toʻliq qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. Qoplash toʻgʻrisidagi ariza soliq organlariga qanday toʻgʻri yuboriladi? Buxgalter.uz iltimosiga binoan ushbu savolga DSQ Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish departamenti boʻlim boshligʻi Xurshid MEYLIYeV javob berdi:


- Hozircha ariza bilan shoshilish zarur emas. Yaqin vaqtda soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabinetlarida “Ish beruvchi tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodim uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini davlat byudjetidan toʻliq qoplash uchun ariza berish” yangi interaktiv xizmat paydo boʻladi. Bu haqda batafsil qoʻshimcha xabar beriladi. 

Hozirgi vaqtda dasturiy ta’minotni ishlab chiqish amalga oshirilmoqda. 

Soliq toʻlovchi tegishli interaktiv xizmatni tanlashi va elektron shaklni toʻldirishi yetarli boʻladi. Ariza shakli Vaqtinchalik nizomga 1-ilovada keltirilganiga muvofiq boʻladi.

Avtomatlashtirilgan dastur va shaxsiy kabinetdagi yangi tugma soliq toʻlovchilar tomonidan ariza berishda xato xavfini kamaytiradi. Shuningdek, u ariza darhol bunday arizalarni koʻrib chiqish uchun mas’ul boʻlgan xodimga kelib tushishi va belgilangan muddatda qarorlar qabul qilinishiga koʻmaklashadi.

Ariza u olingan sanadan e’tiboran 5 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Xulosa qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 1 ish kuni ichida shakllantiriladi. 


Mavzuga doir materiallar:

Yosh xodimlarning ijtimoiy soliqlarini qanday qilib qoplash mumkin

Oleg GAYeVOY tayyorladi

JShDS va ijtimoiy soliq — maslahatlar JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text171599_ijtimoiy_soliq_summasini_byudjetdan_qoplash_tugrisida_ariza_qanday_yuboriladi