Chegirma onlayn-NKTda qanday aks ettiriladi

preview

Doʻkon promoaksiya oʻtkazmoqda, tovarlarni chegirma bilan sotmoqda. Bunday sotuvlar onlayn-NKM va virtual kassalar tizimida qanday aks ettirilishini buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ huzuridagi “Yangi texnologiyalar” IAM boʻlim boshligʻi Elnor FOZILOV gapirib berdi:


- Onlayn-NKMning fiskal modullari va virtual kassalarning USB-tokenlari imtiyozlarni ikkita guruhda hisobga olish imkoniyatini nazarda tutadi. “Discount” - bu yerda chegirmalar bilan va aksiyalar boʻyicha sotilgan barcha tovarlar “oʻtiradi”. Va “Other” - xaridorga diskont kartalar va tovarni toʻplangan ballar va hisobiga uchun sotib olish imkoniyatiga asoslangan boshqa loyallik dasturlari vositasida taqdim etilgan boshqa chegirmalarni hisobga olish uchun moʻljallangan.

Diskont va boshqa chegirmalar summalari soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetining “Onlayn-NKM va virtual kassalar toʻgʻrisidagi axborot” interaktiv xizmati tushumlari boʻyicha menyuda ham aks ettiriladi.

Soliqlar boʻyicha hisobotda tovarlarni realizatsiya qilish paytida taqdim etilgan chegirma ayirilgan summa, ya’ni sotuvchi olgan real summa “oʻtiradi”.

Bunday tizim ham soliq toʻlovchilarga, ham soliq organlariga qulay - u nima uchun tovarga narxnomada koʻrsatilganidan kamroq summa olinganligi yoki u xaridorga umuman toʻlovsiz berilganligini tushunish imkonini beradi.

Onlayn-NKM cheklarida xaridorga berilgan barcha tovarlarni ularning toʻliq qiymatini koʻrsatgan holda, shu jumladan ular uchun hisob-kitob bonuslar yoki ballar bilan amalga oshirilgan aksiya boʻyicha realizatsiya qilingan tovarlarni sanab oʻtishni tavsiya qilamiz. Va ushbu axborotga qoʻshimcha ravishda chegirma yoki bonus dasturi toʻgʻrisida axborotni koʻrsatishni.


I
misol:  QQS toʻlovchisi boʻlgan doʻkon qiymati 35 990 soʻm boʻlgan shampunni 11 000 soʻm chegirma bilan sotadi. Chekda bu haqdagi yozuvni quyidagi tarzda amalga oshirish mumkin:

“Energetik yangilik” shampuni 400 ml 35 990

11 000 soʻm chegirma bilan - 24 990 soʻm.

Shu jumladan 15% QQS 3 259,57

Shtrix-kod/MXIK

Markirovka


II
misol:   QQS toʻlovchisi boʻlgan doʻkonda loyallik dasturi amal qiladi - mijozlarga xarid qilish summasidan ballar hisoblanadi, ularni keyinchalik  tovarlarga ayirboshlashlari mumkin. Mijoz 200 ming soʻmlik xaridda 50 mingni toʻplangan ballar bilan toʻlashga qaror qildi.Bu holda chek boʻyicha hisob-kitoblar toʻgʻrisida yakuniy axborot keltiriladigan qismida bu haqda koʻrsatish yetarli boʻladi.

Toʻlanishi lozim boʻlgan summa 200 000

Shu jumladan 15% QQS 26 086,96                   

Karta orqali toʻlandi 150 000

Toʻlandi (loyallik dasturi boʻyicha) 50 000


Onlayn-NKT qanday qilib chegirmalar bilan ishlashga tayyorlash mumkin

Onlayn-NKTda chegirmalar va loyallik dasturini aks ettirish boʻyicha axborotni foydalanish boʻyicha yoʻriqnomada topish mumkin.

Qoʻshimcha sozlashlar va kassirni tayyorlash zarurati boʻlganda sizda onlayn-NKTga xizmat koʻrsatish uchun shartnoma tuzilgan TXKMga murojaat qilish mumkin.

Onlayn-NKTda ular asnosida tovarlar chegirma bilan sotib olingan yoki ballar bilan hisob-kitob amalga oshirilgan xaridlarni onlayn-NKTda rasmiylashtirish oddiy tartib-taomildan ikkita tugmadan biriga qoʻshimcha bosish bilan farq qiladi. Qaysi tugmalarga bosish va qanday ketma-ketlikda bosish sizning onlayn-NKT modelingizning konstruksion xususiyatlariga bogʻliqdir. 

Oleg GAYeVOY tayyorladi

Onlayn-NKT Onlayn-NKT Onlayn-NKT /oz/publish/doc/text171628_chegirma_onlayn-nktda_qanday_aks_ettiriladi