Onlayn-NKT

Material sanasi 05.10.2026
2026 yilda amal qiladigan ERI va fiskal modul uchun «Yangi texnologiyalar» IAM toʻlov rekvizitlari. ... 

Material sanasi 07.08.2026
Fiskal ma’lumotlar operatoriga uzatilgan elektron chekda ba’zan faqat toʻlov va QQS summalari saqlanib qolib – sotilgan tovarlar haqidagi ma’lumotlar yoʻqoladi. Shunga oʻxshash muammo tushumlar boʻyicha hisobotda ham uchraydi: sotish yoki qaytarish cheklarining bir qismi unga tushmay qoladi. Bu onlayn-NKT bilan ishlovchi barcha yuridik shaxslarga taalluqli. Agar kamchiliklar hisobot davrigacha bartaraf etilmasa, onlayn-NKT boʻyicha ma’lumotlar aylanmadan olinadigan soliq va QQS boʻyicha hisobotlarni buzib koʻrsatadi. ... 

Material sanasi 01.07.2026
2026 yil 1 iyuldan boshlab chakana savdo va xizmatlar sohasida faoliyat yurituvchi barcha yuridik shaxslar xaridorlarga yagona QR-kod orqali toʻlov qilish imkoniyatini ta’minlashi shart. Undan foydalanmaslik savdo qoidalarini buzish deb topiladi. Bu endi boshqa QR-kodlar va toʻlov usullaridan foydalanish mumkin emasligini anglatadimi? Bugun UzQR shaxsiy kabinetida ishlash boʻyicha qanday qoʻllanma paydo boʻldi? buxgalter.uz saytida tushuntiradi Vladimir GIBEL, onlayn-NKT boʻyicha ekspert, «GAROV TARAQQIYOT NKM» MChJ ta’sischisi ... 

Material sanasi 09.06.2026
Siz (umumiy ovqatlanish, savdo yoki xizmat koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi sub’yekt) 6 foizlik stavka boʻyicha QQSni hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtgan boʻlsangiz, oʻtish sanasidan boshlab sizning nazorat-kassa texnikangiz tomonidan chiqariladigan barcha cheklar 6 foizlik soliq stavkasini oʻz ichiga olishi shart. Bu holatni oʻtkazib yubormaslik muhim, chunki bu qismda notoʻgʻri sozlamalar oʻrnatilgan kassa QQS stavkasining nomuvofiqligi xatosini berib, kassirlaringizga bunday cheklarni chiqarishga yoʻl qoʻymaydi. Buxgalter.uz iltimosiga koʻra, zarur harakatlar tartibini «GAROV TARAQQIYOT NKM» MChJ ta’sischisi Vladimir GIBEL tushuntirib berdi: ... 

Material sanasi 07.04.2026
2026 yil boshidagi koʻplab murakkab yangiliklar tufayli kassa texnikasini PF-246-son Farmonga muvofiq sozlash (naqd pulsiz toʻlov, markirovka va h.k.) masalasi chetda qolib ketdi. Proaktiv hisobotlar, imtiyozlar, inventarizatsiya, yaroqlilik muddatlari va hayotning boshqa «tashvishlari» bilan andarmon boʻlib, 1 aprel ham kirib kelganini sezmay qoldik. Kassa toʻgʻri sozlanganiga qanday ishonch hosil qilish kerak, sozlamalar mos kelmasa nima qilish lozim, ammo muammo bartaraf etilguncha u bilan ishlashda davom etish zarur boʻlsa-chi? Alohida MXIKlar va tovar/xizmat qiymati boʻyicha cheklovlarni hisobga olgan holda toʻlovni qanday qabul qilish kerak? Buxgalter.uz iltimosiga binoan ushbu savollarga onlayn-NKM boʻyicha ekspertlar – «RIG» MChJ direktori Rustam YoQUBOV va «GAROV TARAQQIYOT NKM» MChJ ta’sischisi Vladimir GIBEL batafsil tushuntirish berdi: ... 

Material sanasi 18.02.2026
Soliq organlari bir oy davomida foydalanilmayotgan nazorat-kassa mashinalarini hisobdan chiqarishi toʻgʻrisidagi material e’lon qilinganidan soʻng biz buxgalter.uz saytida ushbu masala boʻyicha muqobil fikrni joylashtirish taklifini oldik. «GAROV TARAQQIYOT NKM» MChJ ta’sischisi Vladimir GIBEL nazorat-kassa texnikasi egalari bilan oʻz tavsiyalari bilan oʻrtoqlashdi: ... 

Material sanasi 13.02.2026
Nazorat-kassa texnikasidan foydalanuvchi tadbirkorlar my3.soliq.uz tizimidagi shaxsiy kabinetlariga unchalik yoqimli boʻlmagan mazmundagi ikkita bildirishnoma olishdi. Ulardan biri soliq organlari xoʻjalik yurituvchi sub’yektni uning roʻyxatdan oʻtkazilgan joyidan topa olmagan yoki u bir oy mobaynida oʻz kassa apparatidan foydalanmagan taqdirda onlayn-NKT va virtual kassani roʻyxatdan chiqarish mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantiradi. Ikkinchisi – majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun jarimaga tortilgan barchaga QQSni qoplashdan bir yil muddatga mahrum qilish bilan tahdid qiladi. Vahima qilmang! Onlayn-NKMga xizmat koʻrsatish sohasidagi ekspert, «RIG» MChJ direktori Rustam YoQUBOV bilan birgalikda muammolarning oldini olish yoʻllarini koʻrib chiqamiz: ... 

Material sanasi 24.11.2025
Avval xabar qilinganidek, 2025 yil 20 noyabrdan 10 dekabrgacha (2025 yil 10 dekabr ham kiradi) tadbirkorlik sub’yektlari 2025 yil uchun elektron cheklar va onlayn-NKT cheklaridagi summalarni tuzatishlari mumkin. Shu bilan birga, Soliq qoʻmitasi keshbek toʻlangan cheklarni ham oldindan keshbek summasini oʻz hisobidan byudjetga qaytarish orqali tuzatish mumkinligini ma’lum qildi. Buxgalter.uz buni qanday amalga oshirish mumkinligiga aniqlik kiritdi: ... 

Material sanasi 23.05.2025
2025 yil may oyidan boshlab «Yangi texnologiyalar» IAM soliq.uz tizimida korporativ kartalar cheklarini roʻyxatdan oʻtkazishga yangi talablar joriy qildi. Onlayn-NKM cheklariga qoʻyilgan amaldagi normativ talablarni hisobga olganda hech qanday muammo paydo boʻlmasligi kerak edi, lekin ular shunga qaramay paydo boʻldi. Korporativ cheklarning muhim qismi my3soliq.uz saytida roʻyxatdan oʻtkazishda tizim tomonidan jismoniy shaxslar kartalarining cheklari deb tanilib, rad etildi. Ular boʻyicha QQS qaytarish imkoni yoʻqoldi. Muammoning sabablari va uni hal qilish yoʻllarini buxgalter.uz saytining soʻroviga binoan onlayn-NKM ekspertlari, «RIG» MChJ direktori Rustam YaQUBOV va «GAROV TARAQQIYOT NKM» MChJ ta’sischisi Vladimir GIBEL tushuntirdilar: ... 

Material sanasi 22.05.2025
Korporativ karta bilan toʻlashda berilgan chekni Didox tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazish mumkin. Muvaffaqiyatli roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng chek ma’lumotlari my3.soliq.uz saytidagi roʻyxatdan oʻtkazilgan cheklar roʻyxatida va QQS hisobotida koʻrsatilishi kerak. Amallar ketma-ketligini buxgalter.uz saytining soʻroviga binoan Didox mijozlar bilan ishlash boʻyicha menejeri Yekaterina KULDAShEVA tushuntirdi: ... 

Material sanasi 22.05.2025
«Korporativ karta boʻyicha direktor kafe uchun mahsulotlar xarid qildi. haqiqatda sotib olingan ichimliklar oʻrniga sotuvchi chekda aroq shishasini bir summa bilan yozdi. Buxgalteriya bunday chekni hisobga qabul qilishdan bosh tortdi. Nima qilish kerak?» Korporativ cheklarda boshqa xatolar ham koʻp uchraydi. Masalan, kassir karta turini notoʻgʻri koʻrsatdi yoki chekda markirovka kodlarini koʻrsatmadi. Bunday vaziyatda qanday harakat qilish kerakligini buxgalter.uz iltimosiga koʻra onlayn-NKM eksperti, «RIG» MChJ direktori Rustam YaQUBOV aytdi: ... 

Material sanasi 15.05.2025
Tadbirkorlar my3.soliqda korporativ cheklarni roʻyxatdan oʻtkazishda tizim kartani jismoniy shaxsga tegishli deb aniqlab, xatolik chiqarayotganidan shikoyat qilishdi. Soliq qoʻmitasi barcha ishlarni qanday toʻgʻri bajarish kerak ekanligini tushuntirib berdi. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi: ... 

Material sanasi 28.02.2025
Ishlab chiqarilgan mahsulotni komissionerlar orqali sotish – keng tarqalgan amaliyot. Bu vaziyatda «inson omili» qanday muammolarga olib kelishi mumkin, TA-VAT buxgalteriya autsorsi asoschisi, MHXS va boshqaruv hisobi boʻyicha trener Aleksandra TOLMAChYoVA tushuntirdi: ... 

Material sanasi 16.10.2024
«Ikki haftadan beri bizning onlayn-nazorat-kassa mashinamiz ishlamayapti, fiskal modul toʻlib qoldi. Va biz ishni toʻliq toʻxtatishga majbur boʻldik, chunki kassa apparatiga ulangan 2-D skaner yordamida Data Matrix kodini oʻqishimiz shart. Aks holda raqamli markirovka qoidalarini buzganlik uchun jarima solinadi. Bizning TXKM sentyabr oyida davlat reyestridan chiqarilgan va endi «ertaga boʻladi» deb qayta-qayta va’da berib turibdi. Lekin biz ular oʻz muammolarini hal qilishlarini kutib, oʻzimizga zarar keltirib turolmaymiz. Nima qilish kerak?» Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga koʻra onlayn-NKMlarga xizmat koʻrsatish sohasidagi ekspert Rustam YaKUBOV sharhlab berdi: ... 

Material sanasi 17.09.2024
11 sentyabrdan boshlab onlayn-KKM va virtual kassalarga uzluksiz xizmat koʻrsatishni ta’minlovchi bir yoʻla beshta Texnik xizmat koʻrsatish markazi (TXKM) Davlat reyestridan chiqarildi. Sababi – qonunchilik talablariga muvofiq kelmaganligi. Ularning xizmatlaridan foydalangan tadbirkorlar endi oʻz faoliyatlarini qanday tuzishlari kerak? Kassa apparatlarini almashtirishga toʻgʻri keladimi? Buxgalter.uz vaziyatni aniqlashtirdi: ... 

Material sanasi 28.08.2024
Har oyning 25-sanasida «Soliq xizmati xabarlari – Rasmiy kanali» Telegram kanali sotuvchi roʻyxatdan oʻtkazilgan cheklar boʻyicha tovarlarni sotishdan olingan daromad summalarini soliq hisobotida aks ettirmagan boʻlsa, keshbek tasdiqlanmasligi haqida xabar beradi. Ya’ni – agar uning onlayn-NKT va soliq hisobotidagi summalari oʻrtasida tafovutlar mavjud boʻlsa. Onlayn-NKT orqali oʻtgan realizatsiya boʻyicha ma’lumotlar aylanmadan olinadigan soliq va QQS hisobotlariga «avtomatik tarzda oʻtirsa» va bu raqamlarni hisobotda qoʻlda tuzatib boʻlmasa, bunday holat qanday yuzaga kelishi mumkin? Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga koʻra Soliq qoʻmitasi huzuridagi «Yangi texnologiyalar» ITM mutaxassislari tushuntirib berishdi. Ekspertlar shuningdek, yuzaga kelgan tafovutlarni qanday bartaraf etish mumkinligini ham aniqlashtirishdi. ... 

Material sanasi 16.07.2024
Soliq qoʻmitasi 2023 yil 1 yanvardan chiqarilgan cheklarda oʻtgan soliq davrlari uchun xatolarni tuzatish imkoniyatini berdi. ... 

Material sanasi 31.05.2024
Tadbirkorlar orasida onlayn-NKM (virtual kassa), Uzcard terminali va  Humo terminalini birlashtiruvchi “uchtasi bittada” kassa apparatlarinnig afzalliklari toʻgʻrisida axborot tarqalmoqda. Bunda masalaning texnik tomonidan xabardor boʻlmaganlar ushbu talablarga faqat bir nechta modellar muvofiq kelishi va ... 

Material sanasi 29.05.2024
Fiskal xotirali NKM roʻyxatdan oʻtkazish kartochkalari, fiskal xotirali NKMdan foydalanish uchun turgʻun shoxobchaning mavjudligi, shuningdek bank bilan inkassatsiya qilish toʻgʻrisidagi shartnomaning mavjudligi talabi 2022 yil 1 iyuldan ayrim talab va shartlari bekor  qilinayotgan litsenziyalar va ruxsat etish ... 

Material sanasi 27.05.2024
Onlayn-NKM va virtual kassalar muayyan savdo shoxobchasiga, muayyan manzilga roʻyxatdan oʻtkaziladi. Onlayn-NKTni roʻyxatdan oʻtkazishda tadbirkor hatto uning geografik koordinatalarini taqdim etadi. Binobarin, uni boshqa shoxobchada qoʻllash mumkin emas. Yetkazib berish xizmatlari va koʻchma savdo sub’yektlari ...