9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Korxona qarzni boshqa tashkilot foydasiga undirish toʻgʻrisidagi sud qarorini oʻz vaqtida ijro etmadi. Davlat ijrochisi qarzdordan ijro yigʻimini undirdi. Foyda soligʻi hisob-kitobida ushbu yigʻim summasini chegirib tashlash mumkin yoki mumkin emasligini MV bevosita soliqlar boʻlimi boshligʻi Umid HAMROYeV buxgalter.uz uchun maxsus tushuntirdi:
– “Foyda soligʻi hisob-kitobida jami daromaddan daromad olish bilan bogʻliq barcha xarajatlar chegirib tashlanadi, bundan chegirib tashlanmaydigan xarajatlar mustasno
. Chegirilmaydigan xarajatlar roʻyxati SKning 317-moddasida nazarda tutilgan.
Chiqimlar, basharti ular hujjat bilan tasdiqlangan va asoslangan (iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlagan) boʻlsa, ya’ni hech boʻlmaganda quyidagi shartlardan biriga muvofiq kelgan taqdirda, chegiriladi:
- daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida qilingan boʻlsa;
- shunday tadbirkorlik faoliyatini saqlab turish yoki rivojlantirish uchun zarur boʻlsa yoxud xizmat qilsa va xarajatlarning tadbirkorlik faoliyati bilan aloqasi aniq asoslangan boʻlsa;
- qonun hujjatlarining qoidalaridan kelib chiqsa.
Ijro yigʻimi qarzdorga u ijro hujjati talablarini belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda ijro etmagan taqdirda solinadi
. Ya’ni mohiyatiga koʻra ijro yigʻimi qarzdor sud qarorini majburiy ijro etishi bilan bogʻliq qoʻshimcha toʻlovni amalga oshiradigan jarima tusidagi sanksiyani oʻzida namoyon qiladi.
Byudjetga toʻlanadigan (toʻlangan) penyalar, jarimalar va boshqa sanksiyalar foyda soligʻi hisob-kitobida chegirilmaydigan xarajatlarga kiradi
. Tegishincha ijro yigʻimi chegirilmaydigan xarajatlarga kiradi”.
![]()