Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
27 avgust kuni Senatning XVIII yalpi majlisida boshqa qonunlar qatorida “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun ham ma’qullandi. Buxgalter.uz asosiy jihatlarni ajratib koʻrsatdi.
1. Turizm sohasiga imtiyozlar 2022 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi. Gap Prezidentning quyidagi Farmonlarida aks ettirilgan tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari haqida bormoqda: 19.03.2020 yildagi PF-5969-son, 03.04.2020 yildagi PF-5978-son, 27.04.2020 yildagi PF-5986-son, 18.05.2020 yildagi PF-5996-son, 28.05.2020 yildagi PF-6002-son.
2. Import qiluvchilar faqat elektr dvigateli orqali harakatlanadigan avtomototransport vositalarini (elektromobillar) sotib olganlik yoki vaqtincha olib kirganlik uchun yigʻim toʻlashdan ozod etildi.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi har bir shahar va tumanlarining oʻziga хos “oʻsish nuqtasi” deb aniqlangan faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha yangidan tashkil etiladigan tadbirkorlik sub’yektlariga 2024 yil 1 yanvarga qadar foyda va suv soliqlari boʻyicha stavkalar 50%ga pasaytiriladi.
Shuningdek, Oʻzbekistonning ayrim hududlari uchun alohida soliq stavkalari belgilandi.
Xususan, Fargʻona viloyatining Soʻх tumani, Rishton tumanining “Choʻngʻara” mahalla fuqarolar yigʻini, Fargʻona tumanining “Shohimardon”, “Yordon” va “Hosilot” MFYlari (Toshtepa koʻchasi) uchun foyda soligʻi, JShDS, ijtimoiy soliq (byudjet tashkilotlaridan tashqari) va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha 1% miqdorida soliq stavkasi belgilanmoqda.
Sizga quyidagi tavsiyalar foydali boʻlishi mumkin:
![]()