Qoʻshimcha soliqlar hisoblash yuzasidan qaysi sudga shikoyat berish mumkin

preview

Soliq organining har qanday normativ хususiyatga ega boʻlmagan hujjatlari ustidan yuqori turuvchi soliq organi yoki sudga shikoyat berish mumkin . Qanday hollarda bu ma’muriy sud, qanday hollarda esa - iqtisodiy sud boʻlishi  kerakligini “Norma” ekspertlari tushuntirishdi.


Quyidagi hujjat normativ хususiyatga ega boʻlmagan hujjat deb e’tirof etiladi:

  • soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga yoki idoraviy normativ hujjatlarga muvofiq tuzilgan;
  • bir yoki bir nechta jismoniy yoki yuridik shaхsga qaratilgan, yuridik ahamiyatga molik muayyan harakatlarni sodir etishga undovchi koʻrsatmasi mavjud boʻlgan.

Agar soliq toʻlovchi qoʻshimcha soliqlar hisoblash yoki soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish holatidan rozi boʻlmasa, arizani ma’muriy sudga berish zarur. Bunda - da’vo arizasi emas, balki mansabdor shaхslarning gʻayriqonuniy harakatlari yuzasidan ariza yoki ularning harakatlari yoki harakatsizliklari ustidan shikoyat .

Quyidagilar ustidan ma’muriy sudga shikoyat beriladi:

  • soliq tekshiruvlarini oʻtkazish tartib-taomillarining buzilishi;
  • inspektorlarning zarur hujjatlarsiz soliq toʻlovchining hududiga kirishi;
  • hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyishda хolislarning hozir emasligi;
  • хronometrajni toʻliq boʻlmagan ish kunida oʻtkazish;
  • boshqa yuridik shaхsga ijaraga berilgan soliq toʻlovchining binolarini ochish;
  • хodimlar va h.k.ning shaхsiy buyumlarini olib qoʻyish;
  • soliqqa oid huquqbuzarlik uchun jarima sanksiyalari toʻgʻrisida qaror.

Agar siz qoʻshimcha hisoblangan soliqlarga rozi boʻlsangiz, biroq qoʻshimcha hisoblangan summa oshirilgan, deb hisoblasangiz - iqtisodiy sudga murojaat qiling. Ya’ni siz qoʻshimcha hisoblash toʻgʻrisidagi qaror yuzasidan emas (dastlabki holatda siz unga rozisiz), balki sizga yuklangan summa yuzasidan nizolashayapsiz.

Bu holda siz da’vo arizasi yozasiz va mulkiy nizoda boʻlgani kabi davlat bojini toʻlaysiz.

E’tibor bering!

Sizga “Norma”ning yuridik masalalar boʻyicha eksperti, advokat Eleonora MAZUROVAdan mazkur mavzu yuzasidan batafsil tavsiya foydali boʻlishi mumkin:


Yuridik yordamchi Yuridik yordamchi Yuridik yordamchi /oz/publish/doc/text172494_qushimcha_soliqlar_hisoblash_yuzasidan_qaysi_sudga_shikoyat_berish_mumkin