Yuridik yordamchi

Material sanasi 10.09.2026
Kompaniyalar sayyor soliq tekshiruvlari haqida ogohlantirish xabarnomalarini olishadi: agar toʻsqinlik qilsangiz, bankdagi hisob raqamlaringizni toʻxtatib qoʻyamiz, degan mazmunda. Ammo xabarda aytilmagan bir jihat bor: tekshiruvchi tekshiruv boshlanishidan oldin "Biznes himoya" QR-kodini skanerlashi shart. ... 

Material sanasi 19.08.2026
Shartnoma tuzishdan oldin, kompaniya moliyaviy jihatdan barqaror ekanligiga va toʻlov qobiliyati bilan bogʻliq muammolar alomatlari yoʻqligiga ishonch hosil qilish muhim. Kontragentning moliyaviy holatini baholash – bu Soliq kodeksining 15-moddasiga muvofiq lozim darajada ehtiyotkor boʻlish hamdir. Bizning shpargalkamizda buxgalterga bitimdan oldin kontragentni tezda tekshirishga yordam beradigan uchta xizmat mavjud. ... 

Material sanasi 09.02.2026
Chet ellik fuqarolar Oʻzbekiston kompaniyalarida ishlashi yoki bu yerda oʻz biznesini ochishi mumkin. Shaxsiy va ishbilarmonlik masalalarini hal qilishda ular har bir holatda davlat organlarining «ostonasiga qadam qoʻyishlari» shart emas. Ular ba’zi xizmatlarni elektron shaklda olishlari mumkin. Buxgalter.uz xorijiy fuqarolarga kerak boʻlishi mumkin boʻlgan asosiy onlayn xizmatlar roʻyxatini tuzdi. ... 

Material sanasi 15.01.2026
MChJ ishtirokchisi muntazam ravishda umumiy yigʻilishlarni e’tiborsiz qoldirsa, muhim qarorlarni bloklasa yoki biznesga zarar yetkazsa, korporativ nizo hal qilib boʻlmaydigan darajaga yetishi mumkin. Bunday hollarda oxirgi, lekin qonunda nazarda tutilgan chora – muassisni MChJ tarkibidan chiqarish chorasi qoʻllaniladi. Qonun qachon ishtirokchini MChJ tarkibidan majburiy ravishda chiqarishga ruxsat berishini, sudga da’vo arizasi berish uchun qanday hujjatlar zarurligini, ishtirokchi tomonidan qoidabuzarliklarni qanday isbotlashni va sud qaroridan keyin uning ustav kapitalidagi ulushi bilan nima sodir boʻlishini koʻrib chiqamiz. ... 

Material sanasi 05.12.2025
«Soliq toʻlovchining kabinetiga MIBning xodim uchun qarzdorlikni soʻndirish toʻgʻrisidagi talabi kelib tushdi. Xodimning ta’kidlashicha, u qarzni allaqachon toʻlagan, biroq MIB veb-saytida qarz faol holatda aks ettirilgan. Qolaversa, bu borada xodim bilmaydigan qandaydir sud qarori borligi ma’lum boʻldi. Bu vaziyatda qanday yoʻl tutishimiz kerak va oxir-oqibat uning maoshidan ortiqcha mablagʻ toʻlasak, nima boʻladi?» Biz shunga oʻxshash vaziyatga duch kelganmiz va oʻz misolimizda undan kompaniya uchun ham, xodim uchun ham eng kam xavf-xatarlar bilan qanday chiqib ketishni tushuntirib bera olamiz. Buxgalter.uz tushuntiradi (va qayta chop etishda manbani koʻrsatishni iltimos qiladi): ... 

Material sanasi 17.11.2025
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektning yuridik manzili oʻzgarishini qanday qilib toʻgʻri rasmiylashtirish mumkin? Nima, qaysi muddatda va qanday tartibda amalga oshirilishi kerak? Qanday hujjatlar tayyorlansin? new.birdarcha.uz saytiga qanday oʻzgartirish kiritish mumkin? 2025 yilda Oʻzbekistonda yuridik manzil oʻzgarishi bilan bogʻliq asosiy jihatlarni koʻrib chiqamiz: ... 

Material sanasi 23.10.2025
Vaziyat: ishlab chiqarish korxonasining yetkazib berilgan xom ashyo uchun ta’minotchi oldida qarzi bor. Shu bilan birga, u tayyor mahsulotni joʻnatgan uchinchi shaxs bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha kreditor hisoblanadi. Korxona oʻz qarzini uchinchi shaxsga - tayyor mahsulot xaridoriga oʻtkazib, u toʻgʻridan-toʻgʻri korxonaning kreditori bilan hisob-kitob qilishi mumkinmi? Buxgalter.uz tushuntiradi: ... 

Material sanasi 06.10.2025
Vaziyat: kompaniya xodimi jinoiy javobgarlikka tortilmoqda va bu uning ishi bilan hech qanday tarzda bogʻliq emas. Dastlabki tergov olib borilmoqda, xodim hibsga olinmagan, lekin yashash joyini tark eta olmaydi. Ishdan boʻshamayapti va tergov organlari uni ishdan chetlashtirmayapti. Lekin oʻz ishini bajara olmaydi, chunki ishi respublika boʻylab safarlar bilan bogʻliq. Ish beruvchi bunday vaziyatda nima qilishi kerak? Buxgalter.uz tushuntirib beradi: ... 

Material sanasi 24.09.2025
2025 yil 19 martda kichik va oʻrta biznesni sezilarli darajada yengillashtirishi kerak boʻlgan muhim PF-50-son Prezident Farmoni e’lon qilindi. Ushbu hujjatga koʻra, 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab korxonalarning bir qismi ixtiyoriy tugatishda toliqtiruvchi va uzoq soliq tekshiruvidan qochishi mumkin edi. Bu oʻz biznesini ortiqcha byurokratik toʻsiqlarsiz yopmoqchi boʻlgan qonunga boʻysunuvchi tadbirkorlar uchun haqiqiy sovgʻa boʻlar edi. Amalda PF-50-son Farmonning amalga oshirilishi bilan bogʻliq ishlar qanday ketayotganini buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA soʻzlab berdi: ... 

Material sanasi 24.09.2025
Oʻzbekistonda buxgalter bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzish mumkinmi – bu savol tez-tez tadbirkorlar va rahbarlar tomonidan beriladi. Maqolada biz huquqiy nozik jihatlarni batafsil koʻrib chiqamiz – buni qachon amalga oshirish mumkin, qachon esa yoʻl qoʻyilmaydi. Nega fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma matnida «bosh buxgalter» lavozimini yozish mumkin emas? Qanday xatolar jarima va soliqlarni qoʻshimcha hisoblashga olib kelishi mumkin? Shuningdek, ekspertlar buxgalter bilan FHSh namunasi va hamkorlikni toʻgʻri rasmiylashtirishga yordam beradigan boshqa hujjatlarni tayyorlaganlar. ... 

Material sanasi 09.09.2025
MChJ roʻyxatdan oʻtkazilgan, lekin ta’sischilar ustav fondiga oʻz ulushlarini kiritishga shoshilmayaptilar... Nima uchun UFni shakllantirish muddatlarini buzish ta’sischilarga manfaatli emasligini buxgalter.uzda batafsil koʻrib chiqamiz: ... 

Material sanasi 28.08.2025
Yuridik shaxs bilan bitim tuzayotganda, birinchi navbatda Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registridan (KTYaDR) koʻchirma oling. Xizmat bepul. Bunda yetkazib beruvchi yoki xaridor bitim tuzish paytida reyestrda boʻlishi muhim. Agar tekshirish paytida yetkazib beruvchi reyestrda boʻlmasa, inspektorlar sizni ehtiyotkorlik qilmaganlikda ayblashga haqli emaslar. Ma’lumotnomani stat.uz sayti orqali olish mumkin: ... 

Material sanasi 08.08.2025
MIB rasman yuridik shaxs yoki jismoniy shaxsning ijro hujjatlari boʻyicha qarzdor ekanligini oson tekshirib koʻrish mumkin boʻlgan xizmatni ishga tushirdi. Avval xizmat sinov rejimida ishlagan edi. ... 

Material sanasi 16.05.2025
Soliq toʻlovchi oʻtgan yil kuzida soliq xodimlari tomonidan aniqlangan TSOYaEATga ma’lumotlarni oʻz vaqtida kiritmaganlik uchun sudga chaqiruv qogʻozi oldi. Bunday vaziyatda qanday harakat qilish kerakligini buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA tushuntirib berdi: ... 

Material sanasi 25.04.2025
Vaziyat: xorijiy kompaniya oʻz vakolatxonasini yopmoqda. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga faoliyatni toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma yuborildi. Vazirlik akkreditatsiyaning toʻxtatilganligi haqida ma’lum qildi. Keyin vakolatxona ISSV javobini ilova qilgan holda soliq organiga xat yubordi. Ammo yagona soliq toʻlovchilar reyestridan chiqarish bilan bogʻliq muammolar yuzaga keldi: soliq organi oʻz kuchini yoʻqotgan NHHga havola qilib, rasmiy javob berdi. Davlat organining xatlarida aynan xorijiy yuridik shaxs vakolatxonasi uchun aniq harakatlar algoritmi yoʻq, vaziyat muallaq holatda qoldi. Vuxgalter.uz soʻroviga binoan vaziyatni soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhladi: ... 

Material sanasi 10.02.2025
Odatda, Soliq kodeksining rus va oʻzbek tillaridagi matnlarida tafovutlar aniqlansa, idora soliq toʻlovchilarga asl manba sifatida aynan oʻzbek tilidagi variantga murojaat qilishni tavsiya etadi. Oʻzbek tilidagi matnda ochiqdan-ochiq xato aniqlangan holda nima qilish kerak? Masalan, shunday tafovutlardan biri natijasida SKning 158-moddasida belgilangan soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqishni toʻxtatib turish uchun 5 kunlik muddati boʻyicha cheklov oʻzbek tilidagi variantida mavjud emasligi ma’lum boʻldi. Bundan tashqari – kodeks koʻrib chiqishni kamida 5 kunga kechiktirishni talab qiladi va maksimal kechiktirish muddatini belgilamaydi, bu esa soliq toʻlovchilarning huquqlarini ochiqdan-ochiq buzadi. Buxgalter.uz iltimosiga koʻra soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA vaziyatga izoh berdi: ... 

Material sanasi 22.10.2024
Xorijiy korxonaning Oʻzbekistondagi yopilgan vakolatxonasini Soliq toʻlovchilarning yagona reyestridan chiqarish bir yarim yildan ortiq tarixga aylandi. Bundan tashqari, soliqchilar ushbu vakolatxonaning sobiq rahbarini ushbu bir yarim yil davomida - vakolatxona davlat organlarini oʻz faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisida xabardor qilgan paytdan boshlab, soliq toʻlovchilar reyestridan chiqarilgunga qadar soliq hisobotlarini taqdim etmaganligi uchun jarimaga tortishga harakat qilmoqda. Soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA oʻz faoliyatini toʻxtatmoqchi boʻlgan xorijiy kompaniyalarning Oʻzbekistondagi vakolatxonalari nimani nazarda tutishi kerakligini aytdi: ... 

Material sanasi 25.06.2024
Soliq toʻlovchiga kameral tekshiruv qarori bekor qilinganidan soʻng koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan bitimlar boʻyicha QQS toʻlash majburiyatini yuklashdi. Nega shunday boʻldi? Nima uchun ma’muriy sud qarori soliq toʻlovchining foydasiga, iqtisodiy sud qarori esa deyarli ikki yildan soʻng – soliqchilar foydasiga chiqarildi? Hozir kimlar tashvishlanishni boshlashi kerak? Buxgalter.uz vaziyatni aniqlashtirdi: ... 

Material sanasi 17.05.2024
Buxgalter pul mablagʻlarini xato ravishda boshqa kontragentga oʻtkazdi. Pul mablagʻlarini qanday qaytarishni Norma eksperti Dilorom SAIDOVA tushuntirdi:   Mutaxassislarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.   – Siz pul mablagʻlarini xato ... 

Material sanasi 23.04.2024
“Chet el kompaniyasi roʻyxatdan oʻtmasdan, balki Oʻzbekistonda xodimlarni yollab va ularni masofadan turib ishlaydiganlar sifatida rasmiylashtirib, Oʻzbekistondagi marketpleyslar orqali mahalliy va import qilingan tovarlarni sotmoqchi. Shunday ishlasa boʻladimi yoki Oʻzbekistonda YaTT yoki yuridik shaxsni ochish ...