Soliq monitoringida hamkorlik reglamentini qaysi tilda tayyorlash mumkin

preview

Soliq monitoringi korxonani soliq tekshiruvidan ozod etishni taqozo qiladi, buning oʻrniga uning faoliyati toʻliq ochiq boʻlishi lozim. Agar Siz ushbu qadamga tayyor boʻlsangiz, unda soliq organlari bilan oʻzaro hamkorligingizni belgilovchi asosiy hujjat boʻlib Axborot hamkorligi reglamenti hisoblanadi. Unga rioya etmagan taqdirda, soliq inspeksiyasi monitoringni muddatidan avval toʻxtatish huquqiga ega .

Mazkur hujjatni qanday tayyorlashni “Norma” yuristlari tushuntirib berishdi.

 

Reglament soliq toʻlovchining oʻzi tomonidan varaqlariga raqam qoʻyish orqali davlat tilida ikki nusxada tayyorlanadi .

 “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritilishi shart. Biroq  ishlovchilarining koʻpchiligi oʻzbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin .

Yuridik kuch jihatidan Qonun DSQning normativ-huquqiy hujjatidan ustun turadi  . Axborotga doir reglament korxonaning ish yurituvi hisoblanadi, chunki uning buxgalterlik faoliyati toʻgʻrisidagi ma’lumotni oʻz ichiga oladi hamda korxonaning oʻzi tomonidan tayyorlanadi. Shu sababli reglament nafaqat davlat tilida, balki rus yoki qoraqalpoq  tilida ham tayyorlanishi mumkin. Ushbu imkoniyatni DSQ vakili ham tasdiqlaydi

Reglament korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalarini reglamentga ilova qiling .

Tayyorlangan reglamentni soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti  yoki pochta  orqali soliq inspeksiyasiga yuboring.

Diqqat! 

Sizga ushbu mavzuda batafsil tavsiya kerak boʻlishi mumkin:

 

 

Soliq nazorati: soliq hisobi — maslahatlar Soliq nazorati Soliq nazorati (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text172639_soliq_monitoringida_hamkorlik_reglamentini_qaysi_tilda_tayerlash_mumkin