Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Elektron shartnomalarni chop etish va imzolash zarurmi? Buni buxgalter.uz iltimosiga binoan yurist Ikram ABDULQODIROV tushuntirdi:
- Yoʻq, buni qilish shart emas. Biroq - mumkin.
Elektron hujjat aylanishidan bitimlarni amalga oshirish (shu jumladan - shartnomalar tuzish), hisob-kitoblar, rasmiy va norasmiy yozishmalar va boshqa aхborotni uzatish uchun foydalanish mumkin
.
Bunda elektron hujjat aylanishi qogʻoz shaklidagi nusхasiga ega boʻlishi mumkin. U belgilangan tartibda tasdiqlanadi va saqlanadi
.
Elektron hujjatlarni saqlashda quyidagi imkoniyatlar ta’minlanishi kerak
:
1) ulardan foydalanish;
2) chop etish.
Elektron hujjatlar, shuningdek uning joʻnatuvchisini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan elektron shaklda qayd etilgan aхborot, elektron tijoratda qoʻlda imzolangan qogʻoz shaklidagi hujjatlarga tenglashtiriladi. Ulardan bitim amalga oshirilganligi dalili sifatida foydalanilishi mumkin
.
![]()