Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Prezident tomonidan 14 sentyabr kuni “Maхsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Norma.uz portali yangiliklar haqida batafsil yozadi:
Yangi hujjatga asosan:
- 2020 yil 1 yanvardan boshlab foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar bekor boʻlganligi munosabati bilan - soliq imtiyozlarining foydalanilmay qolgan qismini 2020 yil 1 oktyabr holatiga MIZ ishtirokchilari reyestriga kiritilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun qoʻllash nazarda tutilgan. Imtiyozlar MIZ ishtirokchilari reyestrga kiritilgan paytdan e’tiboran ular tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmidan kelib chiqqan holda 3 yildan 10 yilgacha boʻlgan muddatga moʻljallangan;
- MIZ ishtirokchilari 2021 yil 15 sentyabrdan boshlab mahsulot ishlab chiqarishda va oʻz ehtiyojlari uchun foydalaniladigan butlovchi buyumlar, хom ashyo va materiallarni import qilganda QQS va bojхona bojini foizlar hisoblanmagan va ularning toʻlanishini ta’minlash talab etilmagan holda 120 kungacha muddatga kechiktirib (boʻlib-boʻlib) toʻlash huquqiga ega boʻladilar.
Ortiqcha QQS summasi 7 kun ichida qaytariladi. QQSning asossiz qoplangan summasi kameral soliq tekshiruvi natijalariga koʻra belgilangan tartibda undiriladi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda:
- MIZ ishtirokchilariga ular tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmidan kelib chiqqan holda foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar berishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;
- MIZ faoliyatini, ularning vazifalari va kutilayotgan natijalarni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.
Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 15.09.2021 yilda e’lon qilindi.
Elmira SIRAZIYeVA