Onlayn-NKT elektron cheki nimasi bilan foydali

preview

Qogʻozga chop etilgan har bir onlayn-NKT va virtual kassa cheki oʻzining “elektron qiyofadosh”iga ega. Elektron chekdan qogʻoz chekdagi shifrlangan QR-kod havolasi orqali foydalanish mumkin. Elektron chekda qanday ma’lumot mavjud va undan qayerda foydalanish mumkin, bu haqda buxgalter.uz iltimosiga koʻra “Norma” eksperti Oleg GAYeVOY tushuntirib berdi.

      Elektron chekdan  quyidagilar uchun  foydalaning:

  • Xodimingiz buxgalteriyaga topshirgan chop etilgan chek haqiqiyligini tekshirish;
  • Chop etilgan qogʻozda rangi oʻchib ketganligi sababli  yoʻqotib qoʻymaslik uchun;
  • Chop etilgan chek hisobga olish uchun roʻyxatga olinganda ma’lumotni tez va qulay kiritish.

Bu haqda batafsil “Tashkilot xarajatlarini tasdiqlovchi onlayn-NKT cheki bilan qanday ishlanadi” tavsiyasida oʻqing.

NHHga oʻzgartish kiritilishi bilan mahsulot va xizmatlar sotuvchilar oʻz xaridorlariga nafaqat qogʻoz cheki, balki elektron shaklda ham chek taqdim etishi mumkinligi kutilmoqda. Elektron chekka havolani xaridorning telefon raqami yoki elektron pochtasiga yuborish mumkin boʻladi. Mazkur qaror internet-doʻkonlar, yetkazib berish xizmatlari va boshqa shunday tashkilotlarga qulaylik yaratadi. Qogʻoz chekka tenglashtirilgan elektron chek toʻlaqonli elektron hujjatga aylanadi.

Elektron chek bilan ishlaganda uning mazmunidagi ayrim xususiyatlarni hisobga oling.  Chop etilgan onlayn-NKM va virtual kassa (onlayn - NKT) cheklariga talablar Prezidentning  06.09.2019 yildagi PF-5813-sonli Farmoni 5-b. hamda Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn nazorat-kassa  mashinalari  va virtual kassa tizimini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomning (bundan buyon - Nizom) 7-b. bilan belgilangan. Elektron cheklarga nisbatan qat’iy oʻrnatilgan talablar hozircha yoʻq. Biroq, ular ham fiskal ma’lumotlar operatori tomonidan qat’iy standartlarga ega. Har ikkala variantni solishtirib chiqamiz.

Rekvizit

Qogʻozda chek

Elektron chek

Hujjat nomi

–

+

Chekning tartib raqami 

+

+

Onlayn-NKMning zavod raqami yoki virtual kassaning seriya raqami

+

–

Tadbirkorlik sub’yektining nomi

+

–

Savdo nuqtasining nomi

–

+

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR)

+

+

Pulli hisob-kitoblar amalga oshiriladigan manzil (xaridorga yetkazib berish xizmati koʻrsatilganda – yetkazib berishni amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’yektining yuridik manzili)

+

+

Tovar/xizmat nomi

+

+

Tovarning identifikatsiya raqami  (shtrix-kodi) GS1

+

+

Markirovka qilinadigan tovarlar uchun markirovka kodi

+

+

Mahsulotning yagona milliy elektron katalogi boʻyicha identifikatsiya kodlari (mahsulotlar va xizmatlar) (MXIK)

+

+

MXIK kodi boʻyicha tovarlar guruhi nomi

–

+

Tovar miqdori /xizmatlar hajmi

+

+

Tovar/xizmat narxi (qiymati)

+

Faqat narxi

Tovar/xizmatning QQS stavkasi

Faqat QQS toʻlovchi uchun

–

Tovar/xizmatning QQS summasi

Faqat  QQS toʻlovchi uchun

Faqat QQS toʻlovchi uchun

Toʻlov shakli (naqd, plastik karta, aralash shakl)

+

+

Toʻlovning umumiy summasi 

+

+

Xarid uchun QQSning umumiy summasi

Faqat  QQS toʻlovchi uchun

Faqat  QQS toʻlovchi uchun

Toʻlov sanasi va muddati 

+

+

Fiskal modulning unikal raqami (USB-tokeni)

+

+

Fiskal belgi 

+

+

Berilgan kassa cheki haqiqiyligini tekshirish uchun  kamida 30x30 mm oʻlchamda QR-kod

+

+

Boshqa rekvizitlar 

+

–

 

Bizning elektron chekda koʻzimiz tushadigan eng birinchi rekvizit – bu hujjat nomi. Xususan, xarid uchun hisob-kitob qilishda beriladigan cheklarda «Savdo cheki/ Sotuv» koʻrsatiladi. Qogʻozdagi cheklarda mazkur rekvizitlar sotuvchining xohishiga koʻra koʻrsatilishi mumkin, koʻp hollarda ular koʻrsatilmaydi.

Elektron cheklarda onlayn-NKTning zavod raqami yoki virtual kassaning seriya raqami yoʻq. Bu hujjatning axborot xususiyatiga ta’sir koʻrsatmaydi, sababi, fiskal modul raqami koʻrsatiladi.

Soliq organlarida onlayn-NKTni hisobga qoʻyishda fiskal modul va apparat raqami bir-biriga bogʻlab qoʻyiladi, ular ulardan birining almashishigacha va onlayn-NKT hisobdan chiqarilishigacha ajralmasdir.   

Elektron chekda shuningdek tadbirkorlik sub’yekti nomi yoʻq, biroq savdo nuqtasi nomi koʻrsatiladi. Hujjatning axborot xususiyatiga bu ham ta’sir koʻrsatmaydi, chunki chop etilgan chekda ham, elektron chekda ham savdo tashkiloti STIRi va oldi-sotdi ishlarini amalga oshiruvchi manzil mavjud.

Elektron cheklarda MXIK kodi bilan bir qatorda MXIK boʻyicha tovarlar guruhi nomi koʻrsatiladi. Mening nazarimda, bu foydali qoʻshimcha, chunki, MXIK hatto mutaxassis tushunishi uchun ham tasnif.soliq.uz sayti yordamida oʻzining ma’nosini rasshifrovka qilishni talab etadi. Shu tariqa, elektron chek sotuvchi mahsulotga qoʻllagan MXIK ma’nosini anglash imkonini beradi.

Elektron chekda tovarning narxi yoʻq, faqat qiymati bor. Unda yana chegirma va diskont dasturlarni aks ettirishning ayrim xususiyatlari bor. Har mahsulot tagida buning uchun maxsus qator bor -  «Chegirma/Boshqa». Hamda chegirma miqdori mahsulotga nisbatan pul koʻrinishida aks ettiriladi. Mazkur ma’lumotlarning chop etilgan cheklarda aks ettirilishiga oid talablar  yoʻq, shuning uchun bunday ma’lumot u yerda turlicha bayon etiladi.  

Shuningdek, elektron chekda QQS stavkasi toʻgʻrisida ma’lumot topa olmaysiz, chunki, chop etilgan chekda ham mahsulot boʻyicha va umuman, chek buyicha xarid uchun QQS summasi koʻrsatilmaydi. Mamlakatda amalda yagona QQS stavkasi – 15% boʻlganligi QQSsiz mahsulotlar ham borligini hisobga olgan holda,  elektron chekning axborot va oʻqilishiga koʻra mazkur xususiyat hech qanday  ta’sir koʻrsatmaydi.

Elektron chekda Nizomning 7-bandiga muvofiq  sotuvchining xohishi bilan koʻrsatiladigan ma’lumot yoʻq.

Boshqa rekvizitlarning chekda aks etishi toʻgʻrisida batafsil “Onlayn-NKM va virtual kassa cheki qanday ma’lumotlarni aks ettirishi kerak” tavsiyasida oʻqing. Qogʻozda chiqarilgan va elektron cheklar uchun mazkur me’yorlar yagona hisoblanadi.

 

Savdo va ovqatlanish Savdo va ovqatlanish Savdo va ovqatlanish /oz/publish/doc/text172915_onlayn-nkt_elektron_cheki_nimasi_bilan_foydali