Bepul asosdagi tovarlar eksportiga QQS solinadimi

preview

Korxona bepul asosda xorijga tovarni eksport qiladi. Ushbu operatsiyaga QQS solinadimi? Buni buxgalter.uz iltimosiga binoan Moliya vazirligining Bilvosita soliqlar va bojxona toʻlovlari metodologiyasi boʻlimi boshligʻi Bahodir BOYQABILOV tushuntirdi:

 

- Oʻzbekiston hududidan eksport bojxona tartib-taomiliga asosan olib chiqilgan tovarlarni realizatsiya qilishga nol darajali stavka boʻyicha QQS solinadi .

Eksport bojxona rejimi - bu Oʻzbekiston tovari uni qaytarib olib kirish majburiyatisiz bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan rejim .

Tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar :

  • kontrakt yoki uning tasdiqlangan koʻchirma nusxasi;
  • tovarlarni chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining tovarlarni Oʻzbekiston bojxona hududidan olib chiqish uchun belgisi qoʻyilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
  • Oʻzbekistonning bojxona hududidan oʻtkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar belgilangan mamlakatga joʻnatilganligini tasdiqlovchi belgisi qoʻyilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlar.

Koʻrganimizdek, tovarlar eksportida QQS boʻyicha oqibatlarni aniqlashda u ma’lum haq evaziga yoki bepul asosda amalga oshirilishi ahamiyatga ega emas. Binobarin, tovarlar eksportiga (shu jumladan - bepul oʻtkazishga) nol darajali stavka boʻyicha QQS solinadi.

E’tibor bering
Nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan tovarlar eksportida chet ellik sotib oluvchi tomonidan eksport qilinayotgan tovarlar uchun haq toʻlanganligini tasdiqlovchi bank hujjatidan koʻchirma mavjudligi haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha QQSni hisobga olish uchun majburiy shartlardan biri hisoblanadi . Shu bois bepul asosda tovarlar eksportida siz “kiruvchi” QQSni hisobga olishga haqli emassiz.

 

 

QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text173093_bepul_asosdagi_tovarlar_eksportiga_qqs_solinadimi