9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Deyarli har qanday mahsulotni ishlab chiqarish yoʻqotishlarsiz boʻlmaydi. Ularni qanday toʻgʻri hisobga olishni, buxgalter.uz iltimosiga binoan Profi Training biznes-murabbiyi, MHXS va boshqaruv hisobi boʻyicha ekspert Aleksandra TOLMAChEVA tushuntirdi:
- Ishlab chiqarishdagi yoʻqotishlar qaytariladigan va qaytarilmaydigan boʻladi.
Qaytariladigan yoʻqotishlar - bu texnik chiqindilar yoki ikkilamchi xom ashyo. Ular fizik shaklga ega va odatda keyinchalik sotish yoki oʻzgacha tarzda foydalanish uchun yaroqlidir. Ular ehtimoliy realizatsiya qilishning sof qiymati yoki ehtimoliy foydalanish narxi boʻyicha hisobga olinadi.
Agar texnik chiqindilardan foydalanish imkoni boʻlmasa, korxona ularni utilizatsiya qiladi.
Utilizatsiyani bunday xizmatlarni koʻrsatadigan ixtisoslashtirilgan kompaniyalar orqali amalga oshirishni tavsiya qilaman.
Qaytarilmaydigan yoʻqotishlarga tabiiy yoʻqotishlar - sovurish, kuyindi, qaynatib quyultirish, obdan qovurish, toʻkilish, quritish, silkitish kiradi. Ular fizik shaklga ega emas va ulardan keyinchalik foydalanib boʻlmaydi, sababi ular aslida yoʻq.
Sarf normasi qanday belgilanadi
Yoʻqotishlar va mahsulotning umumiy ishlab chiqarish tannarxi hisobini yuritish uchun korxonada sarf normalari tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Belgilangan GOSTlardan foydalanish, agar ular mavjud boʻlmasa - har bir ishlab chiqariladigan mahsulot turiga sarf normasini ishlab chiqish va tasdiqlash zarur.
Buning uchun korxona mahsulotning sinov turkumini ishlab chiqaradi. Odatda buni - shtatdagi yoki sarf normasini bir marta aniqlash uchun FHX shartnoma asosida yollangan texnolog bajaradi.
Sinov turkumini ishlab chiqarish jarayonida quyidagilar aniqlanadi:
- xom ashyoning zarur miqdori;
- tayyor mahsulotning chiqishi;
- qaytariladigan va qaytarilmaydigan yoʻqotishlar miqdori.
Sinov turkumini ishlab chiqarish uchun foydalanilgan xom ashyo, rahbarning buyrugʻi/farmoyishi bilan “ishga tushiriladigan” sarf normalari sifatida hisobdan chiqarish dalolatnomasi asosida hisobdan chiqariladi.
Soʻngra ishga tushiriladigan sarf normalari asosida kalkulyatsiya tuziladi. Uni korxona rahbari tasdiqlaydi va keyinchalik sarflarni nazorat qilish uchun moliya boʻlimiga topshiradi.
Quyidagilar siz sinov mahsulotini qanchalik puxta ishlab chiqarishingiz va kalkulyatsiyani qanchalik aniq tuzishingizga bogʻliq:
- mahsulotning tannarxi va narxi;
- sarflanadigan materiallar sonida ogʻishlarning sababi.
Katta miqdorda xom ashyoga ega korxonada har oyda inventarizatsiya oʻtkazishni tavsiya qilaman. Moliyaviy nazoratchi albatta aniqlangan ortiqcha va kamomadlarning sabablarini tahlil qilishi shart - aybdorlarni aniqlash, zarurat boʻlganda kalkulyatsiyaga oʻz vaqtida oʻzgartirishlar kiritish va h.k. maqsadida.
- soliq hisobi va soliq yuki.
Muallifning fikriga koʻra, tabiiy kamayishi normalaridan ortiqcha materiallar yoʻqolishi foyda soligʻi boʻyicha chegirilmaydigan xarajatlar hisoblanadi
.
- xaridlar byudjeti va pul mablagʻlari byudjetini tuzish.
Agar sarf normalari notoʻgʻri belgilangan boʻlsa, korxona omborda zarur hajmda xom ashyo mavjud boʻlmagan vaziyatda qolishi mumkin. Bu yetkazib berish muddatlarini buzishga, hamkorlar va ishga doir obroʻyini yoʻqotishga olib kelishi mumkin”.
|
100% xom ashyo – 10 kg. Mahsulot birligining tannarxi = xom ashyo narxi + qayta ishlash xarajatlari (mehnat, ITSI)) = 12 000 soʻm |
Tayyor mahsulotning chiqishi – 30% |
3 kg |
|
Sotish/qayta ishlash mumkin boʻlmagan texnik chiqindilar – 50% |
5 kg |
|
|
Qaytarilmaydigan yoʻqotishlar (koʻrinmaydigan kuyindi) – 20% |
2 kg |
Bir oy davomida 500 mahsulot birliklari ishlab chiqarildi.
|
Xoʻjalik muomalasining mazmuni |
Summa, soʻm |
Debet |
Kredit |
Hisob-kitob |
|
Xom ashyo sexga qayta ishlashga topshirildi |
60 000 000 |
10 kg x 12 000 soʻm x 500 birlik |
||
|
Omborga tayyor mahsulot kirim kilindi |
60 000 000 |
500 birlik 3 kg dan |
||
|
Sotish/qayta ishlash mumkin boʻlmagan texnik chiqindilar |
0 |
|
|
5 kg x 500 birlik = 2 500 kg |
Qaytarilmaydigan yoʻqotishlar qiymati tayyor mahsulot tannarxiga kiritiladi.
1 birlik tayyor mahsulotning tannarxi = 60 000 000 : 500 birlik = 120 000 soʻm.
Keyinchalik sotish va qayta ishlashga yaroqsiz boʻlgan texnik chiqindilar qiymatga ega emas. Bunda korxona utilizatsiyaga qadar ularning miqdoriy hisobini yuritishi kerak.