Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Adliya vazirligining Yurxizmat.uz interaktiv servisi - bu yuridik hujjatlarni (arizalar, shartnomalar, tashkilotning ta’sis hujjatlari va boshqalar) tayyorlash, ishlov berish va foydalanish uchun “onlayn-konstruktor”. Buxgalter.uz u yerda nimalar borligi va undan qanday foydalanishni aniqlashtirdi.
Yurxizmat.uz dan yuridik va jismoniy shaхslar foydanishlari mumkin.
U 6 ta boʻlim boʻyicha qariyb 300 ta hujjatlar namunalarini oʻz ichiga oladi:
- Kontraktlar;
- Arizalar;
- Sudga oid hujjatlar;
- Korporativ hujjatlar;
- Shaхsiy tarkibga oid hujjatlar;
- Notarial tasdiqlanadigan hujjatlar.
Har qanday namunani doc yoki pdf formatlarida yuklab olish, bevosita saytning oʻzida toʻldirish va chop etish mumkin.
Sayt test rejimida ishga tushirilganligini inobatga olgan holda, hamma funksiyalar ham toʻgʻri ishlamasligi mumkin. Ham saytning ishlashi, ham uning toʻldirilishi boʻyicha fikr-mulohazalarni bu yerga yuborish mumkin.
Sayt 14.09.2021 yildagi “Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6313-son Farmonga muvofiq ishlab chiqilgan. Uning ishlab chiquvchilari barcha keltirilgan hujjatlar namunalarining dolzarbligi uchun javob beradilar.
Sizga quyidagi tavsiyalar foydali boʻlishi mumkin:
Saida JONIZOQOVA tayyorladi