Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) boʻyicha oʻqitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlari qoplab beriladigan buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar va xalqaro buxgalter sertifikatlari roʻyxati tasdiqlandi (roʻyxat raqami 3325, 13.10.2021 y.). Tafsilotlar - norma.uz portali sharhida:
Hujjat Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26 yanvardagi 38-son "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari boʻyicha oʻqitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq qabul qilingan.
Vaqtinchalik nizomga muvofiq, oʻqitish va imtihon topshirish xarajatlari quyidagi toifadagi shaxslar uchun qoplab beriladi:
- oliy ta’lim muassasalarining "Buxgalteriya hisobi" va "Audit" fanlari boʻyicha pedagog kadrlari;
- oliy ta’lim muassasalarining talabalari;
- oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari - oliy ta’lim muassasasini tugatgandan soʻng 6 oy davomida;
- davlat organlari xodimlari.
Quyidagilar tasdiqlangan Roʻyxatga kiritildi:
1. Association of Chartered Certified Accountants (ACCA) quyidagi fanlar yoki kurslar doirasida:
- Financial Reporting (FR);
- Diploma of International Financial Reporting (DipIFR);
- Audit and Assurance (AA).
2. Certified Institute of Management Accountants (CIMA) quyidagi fanlar yoki kurslar doirasida:
- Financial Reporting and Taxation (F1).
3. Institute of Chartered Accountants in England and Wales (ICAEW) Associated Chartered Accountant (ACA) sertifikatlari boʻyicha quyidagi fanlar yoki kurslar boʻyicha:
- Audit and Assurance,
- Financial Accounting and Reporting.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.10.2021 yildan kuchga kirdi.
Norma.uz materiallari asosida