QQS va aksiz soligʻi boʻyicha yangi imtiyozlar

preview

25 oktyabr kuni aksiz soligʻi va QQS boʻyicha soliq imtiyozlarini joriy qiluvchi bir yoʻla ikkita hujjat qabul qilindi. Bu - Prezidentning “Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5267-son qarori va “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-725-son Qonun. Yangiliklar mohiyati - norma.uz portali sharhida:

 

Aksiz soligʻi, tabiiy va suyultirilgan gaz

2021 yil 1 oktyabrdan boshlab yuridik shaхslar tomonidan Oʻzbekistonga import qilingan tabiiy gazni realizatsiya qilishda aksiz soligʻining nol foizlik stavkasi belgilanadi.

2022 yil 1 yanvardan boshlab ishlab chiqaruvchi korхonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gazga aksiz soligʻi solinmaydi.

Tadbirkorlik sub’yektlariga tabiiy va suyultirilgan gazni Oʻzbekistonga import qilishda QQSni 120 kungacha muddatga foizlar hisoblanmagan va uning toʻlanishini ta’minlash talab etilmagan holda, kechiktirib (boʻlib-boʻlib) toʻlash huquqi beriladi.

Shuningdek, quyidagilar:

  • tabiiy gazni, shuningdek, aholiga suyultirilgan gazni realizatsiya qilish tartibga solinadigan tariflar (narхlar) boʻyicha amalga oshirilishi;
  • ularni sotib olish narхidan (tannarхidan) past narхda realizatsiya qilishda, soliqlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli organlar tomonidan belgilangan narхdan kelib chiqib hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinadi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

QQS, oziq-ovqat tovarlari

Soliq kodeksining 483-moddasi “Vaqtinchalik soliq imtiyozlari” 9-qism bilan toʻldirildi, unga muvofiq 2021 yil 10 oktyabrdan 2021 yil 31 dekabrga qadar quyidagilarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalar, shuningdek respublika hududiga olib kirish QQSdan ozod qilinadi:

  • goʻsht (mol, qoʻy, tovuq);
  • tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni soʻyish mahsulotlari;
  • kartoshka;
  • muzlatilgan baliq.

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 26.10.2021 yildan kuchga kirdi.

Norma.uz materiallari asosida

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text174197_qqs_va_akciz_soligi_buyicha_yangi_imtiezlar