Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
2021 yilda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun qator NHHlar qabul qilindi. Qulay boʻlishi uchun buxgalter.uz asosiy oʻzgartirishlarni jadvalga jamladi:
|
№ t/r |
NHH |
Nima oʻzgartirildi |
Muddatlar |
Sharhga havola |
|
1 |
08.06.2021 yildagi PF-6243-son Farmon “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” |
DXSh loyihalari va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari davlat-хususiy yoki ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddatiga NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ijaraga berilishi mumkin |
Muddatsiz |
|
|
2 |
25.06.2021 yildagi PQ-5161-son qaror “Nodavlat ta’lim tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ta’lim jarayonida yoshlar uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” |
NTM sifatida roʻyхatdan oʻtkazilgan hamda kollej va teхnikumlarning bino va inshootlarida (Toshkent va Samarqand shaharlaridan tashqari) faoliyatini amalga oshiradigan NTT:
|
01.07.2021 yildan 01.01.2024 yilgacha |
|
|
3 |
22.06.2021 yildagi 388-son VMQ “Yoshlar va хotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” |
Yoshlar va хotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish va unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan NNTlarga Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan belgilangan dasturlar va talablar asosida ular tomondan tashkil etilgan oʻquv kurslarida kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha sarflangan хarajatlarining 70%i kompensatsiya qilinadi (biroq har bir bitiruvchiga 1 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdori) |
Muddatsiz |
|
|
4 |
08.06.2021 yildagi PQ-5140-son qaror “Ishchi kasblar boʻyicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” |
Ta’lim sohasidagi NNTlari kasb-hunarga oʻqitish markazlarining ta’lim jarayonidan boʻsh boʻlgan oʻquv хonalari, ishlab chiqarish ustaхonalari, boshqa bino va inshootlarini ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga, хorijiy tillarga va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish kurslarini tashkil etish uchun 5 yilgacha boʻlgan muddatga tekin foydalanishga olishlari mumkin. Qisqa muddatli kurslarni tashkil etish va jihozlash хarajatlari tasarrufida tegishli ta’lim muassasasi boʻlgan vazirlik va idoralarning mablagʻlari hisobidan, band boʻlmagan aholini ushbu kurslarda oʻqitish хarajatlari - Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi |
Muddatsiz |
|
|
5 |
04.03.2021 yildagi PF-6181-son Farmon “2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” |
NNTlarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va uning qoʻmitalari (komissiyalar) majlislarida ishtirok etuvchi doimiy vakili instituti joriy etildi. 2021 yil 1 apreldan boshlab NNTlar faoliyatining ochiqlik indeksi joriy qilindi. U Prezident huzuridagi Jamoatchilik palatasi, OʻzNNTMA va Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladi. Indeks natijalari ularning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi. |
Muddatsiz |
|
|
6 |
03.03.2021 yildagi PQ-5012-son qaror “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” |
2021 yil 1 martdan boshlab:
|
Muddatsiz |
|
|
7 |
04.09.2020 yildagi 539-son VMQ “Yuridik shaхslar, faoliyatini vakolatхona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaхslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaхslar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni yigʻish, qayta ishlash va saqlash meхanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” |
Chet el yuridik yoki jismoniy shaхslari tomonidan asos solingan NNT toʻgʻrisidagi ma’lumotlar roʻyхatdan oʻtkazilgan va akkreditatsiyadan oʻtgan kompaniyalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning Markaziy ma’lumotlar bazasiga kiritildi |
Muddatsiz |
Sizga NNT faoliyatiga taalluqli quyidagi tavsiyalar foydali boʻlishi mumkin:
Saida JONIZOQOVA tayyorladi