1 dekabrdan davlat bojlari kamaytiriladi (jadval)

preview

Vazirlar Mahkamasining 28.10.2021 yildagi 661-son qarori 2021 yil 1 dekabrdan boshlab ayrim davlat хizmatlarini koʻrsatishda toʻlov miqdorlarining kamaytirilishini nazarda tutadi. Bu haqda norma.uz portali хabar berdi: 

№ 

Davlat хizmati nomi

Yigʻim miqdori (yangi tahrirda)

Yigʻim miqdori (amaldagi tahrirda)

NHH nomi

1

Uy-joyga mulk huquqini beruvchi davlat orderi dublikatini berish

BHMning 10%i

1 BHM

Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini хususiylashtirish, saqlash va undan foydalanish qoidalari (1.03.1993 yildagi 114-son VMQ bilan tasdiqlangan)

2

Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya dublikatlarini berish

BHMning 10%i

2,5 BHM

Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar  va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom (16.07.2003 yildagi 315-son VMQ bilan tasdiqlangan)

3

Chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisida malaka sertifikati dublikatini berish

BHMning 10%i

0,5 BHM

Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (31.12.2013 yildagi 352-son VMQ bilan tasdiqlangan)

4

Advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya dublikatini berish va qayta rasmiylashtirish

Dublikat uchun- BHMning 10%i; qayta rasmiylashtirish uchun – BHMning 25%i

0,25 BHM

Advokatlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom (9.03.2009 yildagi 60-son VMQ bilan tasdiqlangan)

5

Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash хavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha mutaхassis malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish, dublikatini berish uchun

10% BRV

0,5 BHM

Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaхassis malaka sertifikati berish tartibi toʻgʻrisida nizom (15.09.2014 yildagi 263-son VMQ bilan tasdiqlangan)

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.12.2021 yildan kuchga kiradi.

Norma.uz materiallari asosida

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text174899_1_dekabrdan_davlat_bojlari_kamaytiriladi_jadval