9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Soliq kodeksining VI boʻlimi kuchga kirganidan keyin soliqchilar oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxslar oʻrtasida tuzilgan bitimlar boʻyicha narxlarni nazorat qilishlari hamda muayyan shartlarda soliqlarni qoʻshimcha hisoblashlari shart boʻladi. Bu kimlarga taalluqli ekanligi haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ Soliq solish uslubiyati departamentining bosh mutaxassisi Ra’no ALIShAYeVA soʻzlab berdi:
– Oʻzaro bogʻliqlikda bir shaxs boshqa shaxsning qabul qiladigan qaroriga ta’sir koʻrsatishi mumkinligi nazarda tutiladi. Shaxslar oʻrtasidagi soliqqa oid huquqiy munosabatlarda oʻzaro munosabatlarning oʻziga xos xususiyatlari quyidagilarga ta’sir koʻrsatsa, ular oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxslar deb e’tirof etiladi
:
- tuziladigan bitimlarning shartlariga;
- bitimlarning natijalariga;
- faoliyatining iqtisodiy natijalariga.
Agar shaxslar oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxslar hisoblansa, ular oʻrtasidagi bitimlar boʻyicha narxlar soliq organlari tomonidan doimiy nazorat qilinadi.
Oʻzaro bogʻliqlik belgilari SKda qayd etilgan, ular 11 ta
. Bundan tashqari, soliq organlari SKda nazarda tutilmagan asoslar boʻyicha shaxslarni sud tartibida oʻzaro bogʻliq deb e’tirof etishga haqlidir.
Transfert narxlar shakllanishi ustidan nazorat qilish maqsadlarida quyidagi oʻzaro bogʻliqlik shartlari belgilangan 
|
Shaxslar |
Oʻzaro bogʻliqlik shartlari |
|
Yuridik shaxslar |
|
|
Yuridik va jismoniy shaxslar |
|
|
Yuridik, jismoniy shaxslar |
|
|
Yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar |
|
|
Jismoniy shaxslar |
|
Soliq kodeksida bitimlarning taraflarini oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxslar deb e’tirof etish imkoniyati SKda keltirilgan roʻyxat bilan cheklanmaganligi belgilangan. Yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatining iqtisodiy natijalariga ta’sir koʻrsatish belgilari mavjud boʻlsa, rasmiy ishtirok (nazorat) belgilari boʻlmasa ham sud tomonidan ular oʻzaro bogʻliq deb e’tirof etilishi mumkin
.
