9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Parrandachilik fabrikasida parrandalarni yetishtirish xonasi va ma’muriy bino mavjud. Ma’muriy bino tagidagi yer maydoni yer soligʻini hisoblashda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer hisoblanadimi?
Mazkur savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra DSQ Resurslar boʻyicha soliq ma’muriyatchiligi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Nodir QODIROV tushuntirib berdi:
- Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yuridik shaxslarda boʻlgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻining soliq solish ob’yektidir
.
Quyidagilar imtiyozlarni hisobga olgan holda soliq bazasi hisoblanadi:
- qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha — yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymati;
- qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha — yer uchastkasining umumiy maydoni hisoblanadi
.
Yerlarning qanday ehtiyojlarga moʻljallanganligi va joylashuviga qarab soliq stavkalarining turli miqdorlari belgilangan
:
Parrandachilik – bu qishloq xoʻjaligi tarmogʻi. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar esa qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun taqdim etilgan yoki mazkur maqsadlarga qaratilgan yerlardir. Ularning tarkibida quyidagi qishloq xoʻjaligini yuritish uchun zarur boʻlgan:
- daraxtzorlar;
- ichki xoʻjalik yoʻllari;
- kommunikatsiyalar;
- oʻrmonlar;
- yopiq suv havzalari;
- binolar, imoratlar va inshootlar ajratiladi
Shuning uchun, kadastr hujjatlariga muvofiq, ma’muriy bino tagidagi yer maydoni qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar hisoblanadi hamda u maqsadli foydalaniladi, yer soligʻi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun belgilangan qoida boʻyicha hisob-kitob qilinadi.
