YOʻRIQNOMA: ijara shartnomasi E-ijara da qanday roʻyxatdan oʻtkaziladi

preview

Ijara (tekin foydalanish) shartnomasi tomonlari va koʻchmas mulk toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni E-ijara ga kiritishda nimalarni inobatga olish zarur? Agar ayni bir shartnoma tizimga ikki marta kiritilgan boʻlsa, nima qilish kerak? Bu va boshqa savollarga DSQ mutaxassislari javob berishdi.

 

E-ijara test rejimida ishlayapti. 2022 yil 1 yanvardan boshlab:

  • ijara (tekin foydalanish) shartnomalarini mazkur resursda roʻyxatdan oʻtkazish majburiy boʻladi;
  • E-ijara da hisobga qoʻyilmagan shartnomalar asosida ijaraga olingan yoki tekin foydalanilayotgan koʻchmas mulk ob’yektlarida saqlanayotgan TMZlar qoldiqlari inventarizatsiyadan oʻtkazilmaydi va soliq solish maqsadlarida “soliq toʻlovchining omborida mavjud emas” deb baholanadi .

E-ijara (ijara.soliq.uz) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tuziladigan ijara (tekin foydalanish) shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun moʻljallangan.

Ijara (tekin foydalanish) shartnomalari ijaraga beruvchi tizimga shartnoma toʻgʻrisidagi ma’lumotni kiritgandan, ijaraga oluvchi esa - ushbu ma’lumotni tasdiqlagandan keyin roʻyxatdan oʻtkazilgan hisoblanadi. Shunday soʻng tizim Koʻchmas mulk ijara shartnomasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani shakllantiradi va unga QR-kodini beradi.

Ijara shartnomasini u kuchga kirgan kundan e’tiboran 10 kundan kechiktirmay roʻyxatdan oʻtkazish lozim.

Yuridik shaxslar ijara.soliq.uz ga yuridik shaxsning ERIsi bilan, yakka tartibdagi tadbirkorlar va boshqa jismoniy shaxslar jismoniy shaxsning ERIsi bilan kiradi.

E’tibor bering
E-ijara dan foydalanish boʻyicha qisqacha yoʻriqnoma - bu yerda.

 

Bitim tomonlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar qanday toʻldiriladi

Agar ijaraga beruvchi/ijaraga oluvchi yuridik shaxs boʻlsa, STIRni kiriting.

Agar ijaraga beruvchi/ijaraga oluvchi jismoniy shaxs boʻlsa, JShShIRni kiriting.

Tegishli identifikator kiritilgandan keyin ijaraga beruvchi/ijaraga oluvchining manzili toʻgʻrisidagi ma’lumot avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchining telefon raqamini qoʻlda kiritish, shuningdek faoliyatni amalga oshirish yoki yashash manziliga qoʻlda oʻzgartirish kiritish mumkin.

 

Koʻchmas mulk toʻgʻrisidagi ma’lumotlar qanday toʻldiriladi

Ijaraga (tekin foydalanishga) beriladigan koʻchmas mulk toʻgʻrisidagi boʻlimda tegishli maydonga ob’yektning kadastr raqamini kiriting.

Tizim Kadastr agentligi ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilingan, hudud, tuman, ob’yektning manzili va umumiy maydoni toʻgʻrisidagi ma’lumot avtomatik tarzda toʻldiriladi.

E’tibor bering

Ijaraning maqomi (toʻliq yoki qisman) va koʻchmas mulkdan foydalanish maqsadlarini albatta koʻrsating.

Agar ijara qisman boʻlsa, ijaraga olingan maydonni koʻrsating.

 

Ijaraga oluvchi ma’lumotlarni qanday tasdiqlaydi

Ijaraga beruvchi taklif qilingan shaklni toʻldirib, “Joʻnatish” tugmasiga bosgandan soʻng, ma’lumot quyidagilarda aks ettiriladi:

  • ijaraga beruvchida - “Ijara roʻyxati” oynasida, “Joʻnatildi” menyusida, “Tasdiqlanishi kutilmoqda” boʻlimida;
  • ijaraga oluvchida - “Ijara roʻyxati” oynasida, “Qabul qilindi” menyusida, “Tasdiqlanishi kutilmoqda” boʻlimida.

Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchi tomonidan ma’lumotni kiritishda yoʻl qoʻyilgan xatolar bartaraf qilingunga qadar shartnomani roʻyxatdan oʻtkazishni tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin.

 

E-ijara da shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish qanday bekor qilinadi

Agar shartnoma ikki marta roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, ortiqcha roʻyxatdan oʻtkazishni bekor qilish mumkin. Buni faqat ijaraga beruvchi bajarishi mumkin.

“Shartnomalarni hisobga olish” menyusida kerakli shakl “Ijara shartnomasi davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma”ni oching. “Tasdiqlanganlar” boʻlimida “Koʻrish” tugmasiga bosing.  Soʻngra “Bekor qilish” va “Mazkur Guvohnomani bekor qilish”ga bosing.

Manbaga bu yerda va bu yerda qarang.

Oleg GAYeVOY tayyorladi


TMZ TMZ TMZ /oz/publish/doc/text175350_yuriqnoma_ijara_shartnomasi_e-ijara_da_qanday_ruyhatdan_utkaziladi