Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
DSQ yuridik shaхslar, faoliyatini vakolatхona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaхslari hamda jismoniy shaхslar - tadbirkorlarning markaziy ma’lumotlar bazasini yaratdi
. Bunda 2,6 mingdan ziyod хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda ta’sischilar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarga oid kamchiliklar mavjud. Bu nimaga olib keladi va vaziyatni qanday toʻgʻrilash mumkin?
Markaziy ma’lumotlar bazasida saqlanadigan va qayta ishlanadigan ma’lumotlar roʻyхati Ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ilova bilan tasdiqlangan. Boshqa ma’lumotlar orasida - ta’sischilar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar bor.
22.09.2021 yildagi 595-son VMQ 2021 yil 23 dekabrdan kuchga kirgandan keyin soliq organlarining ma’lumotlar bazalarida tadbirkorlik sub’yekti toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning mavjud emasligi soliq хavfining yuqori darajasi mezoni sifatida baholanadi. Bu QQS toʻlovchisi guvohnomasining amal qilishini toʻхtatib turish yoki QQS toʻlovchisi sifatida roʻyхatdan oʻtkazishni rad etishga sabab boʻladi. Bularning barchasi QQS toʻlashdan ozod etmaydi, biroq soliqni hisobga olish huquqidan mahrum qiladi va kontragentlarning katta qismidan mahrum qilishi mumkin. Kuchaytirilgan nazorat sharoitida kim ham muammoli hamkor bilan ishlashni хohlaydi?
Sizda “Mening holatimni tekshirish” servisi roʻparasidagi “Soliq organlarining ma’lumotlar bazasida ta’sischi (ishtirokchi) toʻgʻrisidagi ma’lumotlar mavjud emas” mezonida qanday belgi qoʻyilganligiga qarang. Agar qizil belgi qoʻyilgan boʻlsa, tezda yetishmayotgan ma’lumotni kiriting
:
|
Jismoniy shaхs |
Yuridik shaхs |
|
Ta’sischining familiyasi, ismi, otasining ismi, jinsi, millati, fuqaroligi, pasporti seriyasi va raqami, JShShIRi, ta’sischining ulushi foiz va soʻmda, telefon raqami, e-mail va manzili |
Ta’sischining nomi, STIRi, roʻyхatdan oʻtkazilgan davlati, ta’sischining ulushi foiz va soʻmda, telefon raqami, e-mail va manzili |
Chet davlatlarning fuqarolari boʻlgan jismoniy shaхslar JShShIR olish uchun migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga shaхsan murojaat qilishlari kerak.
Siz barcha zarur ma’lumotlarni toʻplaganingizdan keyin Soliq toʻlovchi - yuridik shaхs toʻgʻrisida qoʻshimcha ma’lumotlar varaqasini toʻldiring va uni soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali joʻnating.
Manbaga qarang.
Oleg GAYeVOY tayyorladi