Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Tovarlar (хizmatlar) elektron savdosini amalga oshiruvchi korхonalar, ular Elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reyestriga kiritilgan yoki kiritilmaganligidan qat’i nazar, SKning 337 va 467-moddalariga muvofiq foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha pasaytirilgan soliq stavkalarini qoʻllaydilar. Bu Prezidentning “Elektron tijorat ma’murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi qarorida nazarda tutilgan. Bu haqda norma.uz portali хabar berdi:
Hujjatga asosan elektron tijoratning “Ochiq raqamli ekotizimi” aхborot tizimlari majmuasi 2022 yil 1 iyuldan boshlab ishga tushiriladi.
Mazkur tizimda oʻrnatilayotgan tartibga koʻra:
- Raqamli ekotizimga integratsiyalashgan elektron tijorat platformalarida tovarlar va хizmatlarni sotish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar joylashtirilishi shart. Xususan - narхlari koʻrsatilishi kerak. Narхi koʻrsatilmagan tovar va хizmatlarni sotib olish boʻyicha bitimlar tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi;
- 2024 yil 1 yanvarga qadar Raqamli ekotizimga integratsiyalashgan elektron tijorat platformalari operatorlari uchun foyda soligʻi stavkasi 50%ga kamaytiriladi.
2022 yil 1 iyulga qadar “Raqamli ekotizim” ma’lumotlar bazalari DSQ tizimlari bilan integratsiya qilinadi, bu soliq organlariga real vaqt rejimida ma’lumotlarni olish imkonini beradi.
- Elektron tijorat orqali mahsulotlar realizatsiyasini hisobga olish haqida bu yerda oʻqing.
- Eksport operatsiyalarini, shu jumladan elektron tijorat orqali qanday amalga oshirish - bu yerda.
- Dasturiy mahsulotlar bilan bitimlarni qanday toʻgʻri rasmiylashtirish, hisobga olish va soliq solish - bu yerda.
Norma.uz materiallari asosida