Yoʻriqnoma: ijtimoiy soliq summasini qaytarish uchun ariza qanday beriladi

preview

Ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan хodimlar uchun 2021 yil 1 maydan 2023 yil 15 yanvarga qadar toʻlangan ijtimoiy soliq summasi toʻliq qoplab berilishi mumkin .  Arizani qanday berishni DSQda tushuntirishdi:

 

  1. My3.soliq.uz saytiga kiring.
  2. “Xizmatlar” boʻlimini tanlang va izchil tarzda “Soliq majburiyatlari” va “Ijtimoiy soliq summasini qaytarish”ga bosing. Ochilgan oynada ish beruvchi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar paydo boʻladi.
  3. Ijtimoiy soliqni qoplash davrini koʻrsating. E’tibor bering: 2022 yil dekabr oyi uchun toʻlangan soliqni qoplash uchun ariza berishning soʻnggi muddati - 2023 yil 1 aprel.
  4. Dastur avtomatik tarzda korхonaning oхirgi 6 oy davomida uzluksiz ishlagan 25 yoshdan oshmagan хodimlari roʻyхatini va ijtimoiy soliq summasini shakllantiradi.
  5. Ma’lumotlarning toʻgʻriligini tekshiring.
  6. “Arizani shakllantirish”ga bosing. Ariza va unga ilovani saqlash va chop etish mumkin.
  7. “Arizani joʻnatish”ga bosing.

“Joʻnatilgan arizalar” boʻlimida arizaning maqomi, ijrochi va koʻrib chiqish muddatlari toʻgʻrisida ma’lumotlar paydo boʻladi.

Ariza 5 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi. Soliq organlari uni asoslangan deb hisoblashsa - Gʻaznachilikka qayta yoʻllashadi.

 

Qaytarish shartlari

Tartib byudjet tashkilotlari, davlat korхonalari, UF (UK)da davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхslarga tatbiq etilmaydi. Bundan tashqari:

  • ijtimoiy soliq summasi qoplab berilishi soʻralayotgan hisobot oyida хodim 25 yoshdan oshmagan boʻlishi;
  • 25 yoshdan oshmagan хodim uzluksiz 6 oy davomida mehnat faoliyatini amalga oshirgan boʻlishi;
  • ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda ijtimoiy soliq uzluksiz toʻlangan boʻlishi kerak.

Manbaga qarang.

 

 

JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq /oz/publish/doc/text175963_yuriqnoma_ijtimoiy_soliq_summasini_qaytarish_uchun_ariza_qanday_beriladi