1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi

preview

Norma.uz portali 2021 yil 1 dekabrdan boshlab kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

 

 

Koʻchma savdo soddalashtiriladi

  • Tadbirkorlik sub’yektlari koʻchma savdo ob’yektlarini «K–SAVDO» avtomatlashtirilgan axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazganlaridan keyin savdo avtomatlari va avtoshoxobchalar orqali savdo qilishlari mumkin. Bunda roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻim undirilmaydi;
  • koʻchma savdo joyi (xususiy mulkdorlarga tegishli joylardan tashqari) koʻchma savdo ob’yektlarining joylashish sxemalari boʻyicha «K-SAVDO» AAT orqali elektron auksionda sotiladi.

 

Davlat organlari korrupsiyaga qarshi kurashish haqida hisobot beradilar

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har yil yakuni boʻyicha barcha davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarida yoʻlga qoʻyilgan korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reytingni e’lon qilish amaliyoti joriy etiladi.

 

Xarid komissiyasining ayrim vakolatlari bekor qilinadi

Xarid komissiyasining ma’lumotlar haqqoniyligini tekshirish va ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish vakolatlari bekor qilinadi.

 

Bojxonada – yagona hisobvaraq-faktura asosida oldindan toʻlov

Oʻzbekiston Davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlarida:

  • veterinariya va fitosanitariya organlarining:

– tovarlarga tegishli hujjatlarni tekshirish va rasmiylashtirish vazifalari «Yagona darcha» bojxona axborot tizimi yoki unga integratsiyalashgan axborot tizimlari orqali amalga oshiriladi;

– tovar-transport hujjatlariga muhr bosish va ularni roʻyxatga olish amaliyoti bekor qilinadi;

  • toʻlanadigan barcha yigʻimlarni transport vositalari chegara punktiga kirgunga qadar yagona hisobvaraq asosida oldindan toʻlash amaliyoti joriy etiladi.

 

Shartnomalar tuzish tartibi soddalashtirildi

Quyidagilar bekor qilinadi:

  • tijorat banklariga yetkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar) uchun toʻlovlarni uchinchi shaxslar hisobidan qabul qilishga qoʻyilgan taqiq;
  • quyidagilarni belgilashga doir talablar:

– davlat ulushi 50% va undan yuqori boʻlgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning mahsulotlarni yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlarni koʻrsatish) toʻgʻrisida tuziladigan shartnomalarida majburiy ravishda oldindan toʻlovni;

– qishloq xoʻjaligi va chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchilari va tayyorlov tashkilotlari oʻrtasida tuziladigan shartnomalarda majburiy ravishda avansni.

 

Onlayn-NKT cheklarida – qoʻshimcha ma’lumotlar

Elektron cheklarda elektron toʻlov tizimlari xizmatlari yordamida amalga oshirilgan tranzaksiyalarning («P2P» toʻlovlari bundan mustasno) elektron cheklarida avtomatik tarzda shakllanuvchi fiskal belgilarni majburiy aks ettirish talabi oʻrnatiladi.

Norma.uz materiallari asosida.

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text176278_1_dekabrdan_nimalar_uzgaradi