9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Ulgurji firmada soliq solinadigan va solinmaydigan aylanmalardan tashqari yana qurilish ham mavjud boʻlganda hisobga olinadigan QQS summasi qanday chiqarilishini “Norma” eksperti Olga BUSAROVA gapirib berdi:
“Korxonaning asosiy faoliyat turi - import dori preparatlari bilan ulgurji savdo, QQS boʻyicha imtiyoz mavjud. Parallel ravishda - farmatsevtika zavodi qurilishini olib bormoqda va import qilingan gazlangan va gazlanmagan suv sotadi (QQS bilan realizatsiya qiladi). QQS hisob-kitobida mutanosib usuldan foydalanadi. Natijada:
- Farmatsevtika zavodi qurilishi boʻyicha xarajatlarga kiritiladigan kiruvchi EHFlar boʻyicha QQSni hisobga olmaydi, balki “Tugallanmagan qurilish” 0810-schyotga qurilishga xizmatlar va materiallar qiymatiga kiritadi.
- Import dori preparatlariga QQSni, agar Oʻzbekistonda ularning analogi ishlab chiqarilsa - dori preparatlari qiymatiga kiritadi.
- Suv importiga QQSni, barcha tovarlarni bojxonadan oʻtkazish boʻyicha, shuningdek davr xarajatlariga kiritiladigan kiruvchi EHFlar boʻyicha QQSni, korxonaning umumiy aylanmasida suv realizatsiyasi necha foizni tashkil qilishiga bogʻliq holda mutanosib usul bilan hisobga oladi”.
- “Sizning korxonangizda hisobga olinadigan QQS hisob-kitobi unchalik toʻgʻri yuritilmayapti.
Agar siz QQS hisob-kitobining titul varagʻida “Hisobga olinadigan QQS summasini aniqlash usuli” satrida mutanosib usulga “1”ni qoʻysangiz, barcha kiruvchi QQS u qaysi tovar yoki xizmatga taalluqligidan qat’i nazar (keyinchalik QQS bilan yoki QQSsiz realizatsiya qilinadi) tushum hajmlariga mutanosib taqsimlanadi.
Asosiy vositalar sotib olinganda yoki kelgusida oʻz asosiy vositalari sifatida foydalanish uchun moʻljallangan aktivlarni yaratish uchun tovarlar (xizmatlar) sotib olinganda sotuvchi tomonidan taqdim etilgan QQS summasini hisobga olish toʻliq hajmda amalga oshiriladi
. Ya’ni qurilish boʻyicha QQS ham mutanosib usulda QQS boʻyicha hisobga olinadigan summani aniqlashda ishtirok etadi.
SKning 268-moddasi qoidalarini eslatib oʻtamiz:
- alohida-alohida usul boʻyicha soliq toʻlovchi soliq solinadigan va soliq solishdan ozod etilgan aylanmalar uchun foydalaniladigan, olingan tovarlarning (xizmatlarning) hamda ular boʻyicha toʻlangan soliq summalarining alohida-alohida hisobini yuritadi. Bunda alohida-alohida hisobni yuritish imkoni boʻlmagan umumiy xarajatlar boʻyicha xarajatlarni ajratish mutanosib usulda amalga oshiriladi;
- mutanosib usul boʻyicha soliq toʻlovchi tomonidan hisobga olish uchun qabul qilinadigan soliq summasi soliq solinadigan aylanma summasining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish (QQSni hisobga olmasdan) boʻyicha aylanmaning umumiy summasidagi joriy kalendar yil ichida oʻsib boruvchi yakun bilan aniqlanadigan solishtirma miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Mutanosib usuldan foydalanishda hisobga qabul qilinmagan QQS foyda soligʻini hisoblab chiqarishda chegiriladigan xarajatlar tarkibida hisobga olinadi:
- agar soliq solinadigan aylanmalarning ulushi joriy soliq davrida aylanma umumiy summasining 5%idan oshib ketmasa, soliq toʻlovchi haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar boʻyicha), shu jumladan uzoq muddatli aktivlar boʻyicha toʻlangan QQS summasini joriy soliq davrida olingan tovarlarning (xizmatlarning) qiymatiga toʻliq kiritishga haqli.
Boʻlishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni koʻrib chiqamiz.
1-vaziyat. Agar suvni realizatsiya qilish boʻyicha tushum (QQSsiz) umumiy tushum summasining 5%idan oshib ketmasa, siz tovarlar va xizmatlarni QQS bilan olishda darhol soliqni ularning tannarxiga toʻliq kiritishingiz mumkin. Bu holda siz hisobga olinadigan QQSning bir qismini yoʻqotasiz, biroq hisob va hisobotni ancha soddalashtirasiz.
QQS hisob-kitobida:
- titul varagʻida alohida-alohida usulni tanlaysiz;
- hisobga olinadigan QQS summasini (Reyestrga asosan) 3-ilova “Hisobga olinadigan QQS summasi hisob-kitobi”ning 0302-satri “QQSdan ozod qilinadigan aylanma”da aks ettiring.
2-vaziyat. Agar mutanosib usul tanlangan boʻlsa, QQS hisob-kitobini tayyorlashda hech qanday satrlar toʻldirilmaydi. Barcha Hisob-kitob avtomatik tarzda bajariladi. Lekin buxgalteriya hisobi maqsadlarida ularni tovarlarning tannarxiga, qurilishga yoki davr xarajatlariga kiritish uchun QQSning qaysi summalari hisobga olinmasligini oldindan rejalashtirish maqsadga muvofiqdir.
3-vaziyat. Alohida-alohida usulni tanlashingiz mumkin. Kiruvchi QQSni toʻgʻridan-toʻgʻri hisobga olish usuli yordamida hisobga olgan holda, buxgalter QQSning qaysi summasini QQSsiz realizatsiya qilinadigan tovarlar (Oʻzbekistonda analoglari ishlab chiqariladigan dorilar) tannarxiga kiritishni darhol biladi. Hisobni osonlashtirish uchun ushbu usulni tanlashda 4410-schyot (QQS) boʻyicha subschyotlar yoki subkonto qoʻshishni tavsiya qilamiz: qurilish boʻyicha kiruvchi QQS, dorilar boʻyicha QQS, suv boʻyicha QQS, davr xarajatlari boʻyicha QQS,
- Kiruvchi QQS - 23 mln soʻm, shu jumladan - 14 mln soʻm qurilish boʻyicha, 1 mln soʻm dorilar boʻyicha, 5 mln soʻm suv boʻyicha va 3 mln soʻm davr xarajatlari boʻyicha.
- Kiruvchi QQS Hisob-kitobda va buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda taqsimlanadi:
- Import dori preparatlariga QQS va bojxonadan oʻtkazish xizmatlari uchun EHFdagi QQS hisobga olinmaydi, u tannarxga kiritiladi
. QQS hisob-kitobiga 3-ilovaning 0302-satri “QQSdan ozod qilinadigan aylanma”da 1 mln soʻm miqdorida, shuningdek 4-ilovaning 9-ustunida - 1-jadvalda “Shundan, hisobga olinmaydigan tovarlar (xizmatlar)”da qoʻlda aks ettiriladi; - Import suvga QQS va suvni bojxonadan oʻtkazish xizmatlari uchun EHFdagi QQS hisobga olinadi. Summa (5 mln soʻm) QQS hisob-kitobiga 3-ilovaning 0301-satri “15%li stavka qoʻllaniladigan aylanma”da aks ettiriladi; qurilish boʻyicha kiruvchi EHFlarda QQS hisobga olinmaydi, u qurilish qiymatiga kiritiladi
. QQS hisob-kitobiga 3-ilovaning 0302-satri “QQSdan ozod qilinadigan aylanma”da 14 mln soʻm miqdorida, shuningdek 4-ilovaning 9-ustunida - 1-jadvalda “Shundan, hisobga olinmaydigan tovarlar (xizmatlar)”da qoʻlda aks ettiriladi; - TMQ va davr xarajatlariga kiritiladigan xizmatlar (ofisni ijaraga olish, aloqa xizmatlari, kanselyariya tovarlari va h.k.) boʻyicha QQS, QQS solinadigan (suv realizatsiyasi) tushumning ulushiga bogʻliq holda hisobga olinadi. Mutanosiblik 7-ilova “Yil boshidan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalar”ning 0201 va 0202-satrlarida avtomatik tarzda hisoblanadi. QQS avtomatik tarzda QQS hisob-kitobiga 3-ilovada boʻlinadi:
Shuningdek sizga quyidagi tavsiyalar foydali boʻlishi mumkin:
![]()