Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
2021 yilda fermerlarning rivojlanishiga yordam bergan asosiy imtiyoz va subsidiyalarni jadvalda koʻring:
|
№ |
NHH |
Imtiyoz yoki subsidiya |
Sharh |
|
1 |
15.07.2021 yildagi PF-6262-son Farmon “Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” |
Oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashda ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ishlov berish texnikalari, agrometeostansiyalar, biolaboratoriya jihozlari va boshqa uskunalar xarid qilinganda 2024 yil 31 dekabrga qadar quyidagilarga ega boʻlishadi: a) kompensatsiya qilinishi:
b) ajratiladigan kredit ta’minotining 50%igacha (biroq 10 mlrd soʻmdan ortiq boʻlmagan) miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kafillik taqdim etilishi. |
|
|
2 |
11.12.2020 yildagi PQ-4919-son qaror “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” |
2021 yildan boshlab:
Subsidiyalar joriy qilingan suvni tejaydigan texnologiyalar kamida 5 yil ishlatilishi sharti bilan ajratiladi |
|
|
3 |
02.02.2021 yildagi PQ-4973-son qaror "Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" |
2021 yil 31 dekabrga qadar sholi yetishtirish uchun sotib olingan zamonaviy urugʻ seyalkalari hamda koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining 20%gacha Davlat byudjetidan qoplab beriladi |
|
|
4 |
23.11.2021 yildagi PQ-20-son qaror “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” |
Kredit mablagʻlari «Har bir oila – tadbirkor» dasturi shartlari asosida tijorat banklari tomonidan dehqon va fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi boshqa korxonalarga quyidagi shartlarda taqdim etiladi: a) har bir loyiha milliy valyutada 100 mln soʻmdan oshmagan miqdorda yillik 14% stavkada moliyalashtiriladi; b) kreditlar:
|
|
|
5 |
20.04.2021 yildagi PF-6208-son Farmon “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” |
2021 yil 1 maydan boshlab “Yoshlar daftari”ga kiritilgan dehqon xoʻjaligi faoliyati bilan shugʻullanayotgan yoshlarga “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” hamda “Ayollar daftari” jamgʻarmalari hisobidan urugʻliklar va koʻchatlarni xarid qilish uchun BHMning 8 baravari miqdorigacha subsidiya ajratiladi |
|
|
6 |
27.03.2021 yildagi PQ-5041-son qaror “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” |
Tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkalari, istisno tariqasida, 2022 yil 1 yanvarga qadar MBning asosiy stavkasi doirasida belgilanadi. Tijorat banklariga kredit resurslari MBning asosiy stavkasidan 4 foiz past darajada ajratiladi |
|
|
7 |
11.03.2021 yildagi 130-son VMQ “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish toʻgʻrisida” |
Paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini imtiyozli kreditlash:
a) paxta xom ashyosi qiymatining 50%igacha yillik 6%da; b) paxta xom ashyosi qiymatining 60%igacha yillik 8%da.
a)paxta xom ashyosi qiymatining 50%igacha yillik 6%da; b) paxta xom ashyosi qiymatining 60%igacha yillik 8%da |
|
|
8 |
30.01.2021 yildagi 44-son VMQ “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” |
07.06.2018 yildagi 433-son VMQga oʻzgartirishlar kiritildi, ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
|
Sizga quyidagi tavsiyalar foydali boʻlishi mumkin:
Saida JONIZOQOVA tayyorladi