Ijaraga oluvchi - talaba boʻlsa

preview

SKning 378-moddasiga kiritiladigan jismoniy shaхslarning koʻchmas mulkni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlarini soliq solishdan ozod qilishga taalluqli tuzatishlar birinchi oʻqishda ma’qullandi.

 

Ijaraga beruvchi  uy-joyni ijaraga berish boʻyicha talabalar bilan tuzilgan shartnomalarni, boshqalar bilan tuzilgan shartnomalar singari, Ijara.soliq.uz da roʻyхatdan oʻtkazadi. Servis Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilingan.  Talaba-ijaraga oluvchi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar talabaning JShShIRini kiritish chogʻida avtomatik tarzda toʻldiriladi. Shu jumladan - bosqichi, fakulteti, OTM va h.k.

Agar SKning 378-moddasiga qoʻshimchalar parlament tomonidan koʻrib chiqilayotgan tahririda qabul qilinsa,  ijara shartnomasi Ijara.soliq.uz da roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin talabaga ijaraga berilayotgan uy-joy uchun toʻlov summasini JShDSdan ozod qilish boʻyicha imtiyoz  darhol avtomatik tarzda qoʻllaniladi.

Hozirgi vaqtda mol-mulkni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlar SKning 375-moddasi 3-bandiga asosan ijaraga beruvchining mulkiy daromadlari hisoblanadi va JShDS solinadi.

Manbaga qarang.

 

 

JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq /oz/publish/doc/text176849_ijaraga_oluvchi_-_talaba_bulsa