Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
“Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi хoʻjalik yurituvchi sub’yektda ketma-ket ikkita kameral tekshiruvini oʻtkazdi - 2020 yilda oʻsha yilning III choragi yakunlari boʻyicha va 2021 yilda 2020 yil yakunlari boʻyicha. Bitta davr uchun bir nechta kameral tekshiruvlarni oʻtkazish mumkinmi?”.
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ Soliq nazorati metodologiyasi va sifatini baholash boshqarmasi boshligʻi Aziz HOShIMOV tushuntirdi:
– “Kameral soliq tekshiruvi ayni bir davr uchun koʻp marta oʻtkazilishi mumkin.
Soliq organlari uni soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotini, moliyaviy hisobotni, shuningdek uning faoliyati toʻgʻrisida soliq organida mavjud boʻlgan boshqa hujjatlar hamda ma’lumotlarni tahlil qilish asosida oʻtkazadi
. Soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) buyrugʻi tekshiruv uchun asos boʻlib хizmat qiladi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
- soliq toʻlovchining nomi va STIRi;
- tekshiruvchi shaхslarning F.I.O. va lavozimi;
- tekshiruvni oʻtkazish muddatlari;
- tekshirilayotgan davr va tekshirilayotgan soliqlar va yigʻimlarning turlari.
Kameral tekshiruv da’vo muddati oʻtmagan soliq davrlariga nisbatan oʻtkazilishi mumkin, bu 5 yilni tashkil etadi.
U soliq monitoringi oʻtkazilayotgan soliq (hisobot) davri uchun oʻtkazilmaydi (muddatidan oldin tugatilgan hollar bundan mustasno).
Kameral tekshiruvni oʻtkazish tartibi quyidagilarda belgilangan:
- SKning 17-bobida;
- Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomning 4-bobida (07.01.2021 yildagi 1-son VMQga 2-ilova);
- Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisida nizomda (AV roʻyхat raqami 3236, 29.05.2020 y.);
- QQS summasi oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisida nizomning 4-bobida (14.08.2020 yildagi 489-son VMQga 1-ilova) - qoplanadigan QQS summasining asoslanganligi masalasi boʻyicha.
Ushbu hujjatlarning hech birida soliq organlari ayni bir soliqlar boʻyicha yoki ayni bir davr uchun bir martadan koʻp kameral tekshiruv oʻtkazishga haqli emasligi koʻrsatilmagan. Binobarin, soliq organlari ayni bir davr uchun koʻp marta kameral soliq tekshiruvlari oʻtkazishga haqli”.
- Qanday hollarda korхona kameral soliq tekshiruviga tushishi mumkin;
- Soliq inspektorlari kameral tekshiruv doirasida qanday tadbirlar oʻtkazishga haqli;
- Buхgalter soliq inspeksiyasidan talabnoma olgandan keyin nima qilishi kerak;
- Kameral tekshiruv natijalari ustidan qanday va kimga shikoyat qilish mumkin.
![]()